O‘zA O`zbek

11.06.2020 Chop etish versiyasi

Turizm: Poytaxtda ham mehmon uylari soni koʻpaymoqda

Turizm: Poytaxtda ham mehmon uylari soni koʻpaymoqda

Karonavirus pandemiyasi koʻplab soha va tarmoqlar, xususan, turizmga jiddiy taʼsir koʻrsatdi. Karantin talablari yumshatilishi esa ichki turizmni rivojlantirish uchun yoʻl ochdi.

Tahlillarning koʻrsatishicha, odatiy hayot tarzida poytaxtimizda sayyohlikni rivojlantirish uchun muhim talablardan biri xorijiy va mahalliy sayyohlarni qabul qilib, ularga xizmat koʻrsatish uchun mehmonxonalar hamda mehmon uylarining yetarli boʻlishidir.

Ushbu talabdan kelib chiqib, bugungi kunda shahrimizda oʻnlab zamonaviy mehmonxonalar va mehmon uylari qurilmoqda.

Iyun oyida shunday obyektlarning ikkitasi, xususan, barcha sharoitlarga ega 2 ta mehmon uyi foydalanishga topshirildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

41 186
OʻzA