O‘zA O`zbek

10.07.2020 Chop etish versiyasi

Turizm dunyosini oʻzgartirib yuboradigan sakkizta ixtiro namoyish qilindi

Turizm dunyosini oʻzgartirib yuboradigan sakkizta ixtiro namoyish qilindi

Isroil kompaniyasi sayyohlik sohasining xavfsiz va samarali ishlashiga yordam beradigan yangi mahsulot va texnologiyani ishlab chiqmoqda, deb maʼlum qildi mamlakat turizm vazirligi matbuot xizmati.

Tez aniqlaydi

Isroil mudofaa vazirligining mudofaa tadqiqotlari va ishlanmalari boʻyicha boshqarmasi koronavirusga chalingan bemorni bir daqiqada aniqlab beradigan texnologiyani ishlab chiqmoqda. Uning yordamida virus tashuvchi bemor aeroportga kelmasdan burun aniqlanadi. Kimning testi ijobiy chiqcha, u samolyotga chiqarilmaydi.

Virus hidini sezadigan sunʼiy burun

Isroil kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilayotgan ushbu sunʼiy burun koronavirus tashuvchining molekulalarini aniqlaydi. Ushbu qurilmaning jamoat joylariga oʻrnatilishi u yer qanchalik xavfsiz ekanini koʻrsatadi.

Aqlli robot

Ushbu robot allaqachon kasalxonalarda sinovdan oʻtkazilmoqda. U tibbiyot muassasalarida koronavirus bilan ogʻrigan bemorlarni davolayotgan shifokorlarning bir qismini oʻrnini bosishga moʻljallangan. Mazkur texnologiyadan shuningdek, aeroport va mehmonxonalarda roʻyxatdan oʻtkazish vaqtida va xavfsizlikni tekshirishda ham foydalansa boʻladi.

Uzoq vaqt taqib yursa boʻladigan niqob

Aviayoʻlovchilarga parvoz boshlangandan to tugaguncha niqob taqib yurish majburiy boʻlishi, shubhasiz. Agar parvoz oʻn soat va undan koʻp vaqtga choʻzilsa, bu anchayin qiyin boʻladi. Isroilda, parvoz vaqtida oson nafas oladigan niqob ixtiro qilindi. Hozircha undan kasalxonalarda sinov tariqasida foydalanilmoqda va tibbiyot xodimlariga qiynalmasdan ishlashga yordam bermoqda.

Teplovizorlar

Jamoat joylarda koronavirus tashuvchini aniqlash usullarining biri bu tananing issiqligini tekshirishdir. Navbatdagi texnologik yechim hozircha ishlanma holatida turibdi va u odamlar katta guruhda toʻplanib turganda ham bir vaqtning oʻzida tanani teploviziorli skanirlaydi. Ushbu texnologiyadan istalgan joyda, jumladan mehmonxona ostonasida, yoʻlaklarda va turistik diqqatga sazovor joylargacha boʻlgan masofada ham foydalansa boʻladi.

Koronavirusga qarshi ultrafioletli nurlash

Isroil tibbiyot markazida xonalarda koronavirusni maxsus ultrafioletli nurlash yordamida yoʻq qilishga muvaffaq boʻlindi. U odamga xonada uzoq vaqt boʻlsa ham ziyon yetkazmaydi. Agar ixtiro mehmonxona nomerlarida, xonadonlarda, muzey, restoranlar kabi jamoat joylarida qoʻllanilsa, bu sayyohlarga turistik diqqatga sazovor joylarni koronavirus yuqtirib olishdan qoʻrqmay tomosha qilish imkonini beradi.

Mobil telefon kamerasi yordamida diagnostika qilish

Maxsus ilova yuklatilib, yurakning maromida ishlashini, kislorod (SpO2) ga toʻyinganini, nafas olish oraligʻi va aqliy zoʻriqishni test qilish mumkin boʻladi. Isroil turizm vazirligining aniqlik kiritishicha, ushbu texnologiya kasallikni kamera yordamida uzogʻi bilan ikki daqiqada aniqlab beradi.

39 236
OʻzA