O‘zA O`zbek

16.06.2020 Chop etish versiyasi

Sudanda 22 yil avval odamlar ommoviy koʻmib yuborilgan joy topildi

Sudanda 22 yil avval odamlar ommoviy koʻmib yuborilgan joy topildi
Ommaviy koʻmib yuborilganlar poytaxt viloyat Xartumda 1998-yilda harbiy xizmatga chaqirilganlar boʻlgan, deb yozadi Sudan Tribune gazetasi.

Nashrning yozishicha, 1998-yil 2-aprelda Sudan xavfsizlik xizmati Aylafun oʻquv-mashq lageridan qochishga uringan odamlar toʻdasiga qarata oʻq uzgan. Ushbu qirgʻinda harbiy xizmatga chaqirilgan 200 kishi halok boʻlgan. Xabarda aytilishicha, ularning yana bir qismi Nil daryosidan suzib oʻtayotganda choʻkib ketgan.

Aylafundagi voqeani tekshirish boʻyicha 2020-yil yanvarda tashkil etilgan komissiya aʼzosining nashrga maʼlum qilishicha, ommaviy dafn etilgan joy guvohlarning koʻrsatmalari asosida aniqlangan.

Xabarda ommaviy dafn qilingan joyda 51 kishining qoldigʻi topilgani aytilmoqda. Qurbonlarning shaxsi hozircha aniqlanmagan, deb yozadi nashr. 



51 503
OʻzA