O‘zA O`zbek

24.06.2020 Chop etish versiyasi

Pandemiya tufayli turizm sohasi qancha zarar koʻrishi maʼlum qilindi

Pandemiya tufayli turizm sohasi qancha zarar koʻrishi maʼlum qilindi
Koronavirus pandemiyasi tufayli 2020-yilning dastlabki toʻrt oyida turizmdan olinadigan daromad 195 milliard dollarga qisqargan. BMTning butunjahon turizm tashkiloti (YUNVTO) tarqatgan maʼlumotida ushbu raqam keltirildi.

Hisobotda aytilishicha, barcha mamlakatlarda sayohat qilishga cheklovlar joriy qilingandan keyin turistlar soni 97 foizga qisqardi (martda ularning soni 55 foizga qisqargan edi).

Tashkilotning maʼlum qilishicha, 2020-yil yanvardan to aprel oyigacha dunyo boʻyicha sayyohlik sohasi 195 milliard dollargacha zarar koʻrgan. Osiyo-Tinchokeani mintaqasi pandemiyadan birinchi boʻlib jabr koʻrgan edi. Shu bois pandemiyaning salbiy oqibatini ushbu mintaqa mamlakatlari koʻproq boshdan kechirdi.

Tashkilotning hisob-kitobicha, joriy yilda boshqa mamlakatlarga boradigan turistlar soni 850 milliondan 1,1 milliardgacha qisqarishi mumkin. Turizmdan olinadigan daromad esa 910 milliard dollardan 1,2 trillion dollargacha tushib ketadi.

45 929