O‘zA O`zbek

12.06.2020 Chop etish versiyasi

Meʼyoriy hordiq: Yoz faslida dam olish uchun eng xavfsiz mamlakatlar eʼlon qilindi

Meʼyoriy hordiq: Yoz faslida dam olish uchun eng xavfsiz mamlakatlar eʼlon qilindi

Turizm va sayohatlar boʻyicha jahon kengashi vakillari – turizm sanoati xodimlari bu yil yozda qaysi davlatlarda hordiq chiqarish eng xavfsiz ekanligini aytishdi.

Tashkilot portalida yozishilicha, ushbu roʻyxatga Portugaliya, Turkiya va Saudiya Arabistoni kiritilgan. Hisobotda ushbu mamlakatlarda maxsus xavfsizlik protokollari joriy etilgani taʼkidlangan.

Xususan, dam olish uchun xavf tugʻdirmaydigan hududlar sifatida Ispaniyaning Madrid, Barselona, Sevilya shaharlari ham alohida eʼtirof etilgan.

Kengash vakillari taqdim etilgan xavfsizlik protokollarida qayd etilgan maʼlumotlar yordamida taʼtilni oʻtkazish eng qulay boʻlgan, yaʼni barcha sanitariya meʼyorlariga rioya qilinishi kafolatlangan yoʻnalishlarni tanlash mumkinligiga eʼtibor qaratishgan. Aynan roʻyxatda koʻrsatilgan manzillarni BMTning Jahon turistlik tashkiloti ham qoʻllab-quvvatlagan.

Yer yuzida turizm tiklanib borishi bilan mazkur roʻyxat muntazam ravishda yangi mamlakatlar, mintaqa va shaharlar bilan toʻldiriladi.

46 801
OʻzA