O‘zA O`zbek

03.08.2020 Chop etish versiyasi

Kiyev – Xarkov – Toshkent – Kiyev yoʻnalishida charter qatnovi amalga oshiriladi

Kiyev – Xarkov – Toshkent – Kiyev yoʻnalishida charter qatnovi amalga oshiriladi

AllTrip.uz kompaniyasi Windrose aviakompaniyasi bilan hamkorlikda Ukrainadan Oʻzbekistonga qaytish istagida boʻlgan yoʻlovchilar uchun Kiyev – Xarkov – Toshkent – Kiyev yoʻnalishida charter qatnovini amalga oshiradi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston fuqarolarini Vatanga olib kelish uchun Kiyev – Xarkov – Toshkent charter reysi joriy yilning 5-avgust kuniga belgilangan. Toshkent – Kiyev yoʻnalishidagi parvoz esa 6-avgust kuni amalga oshiriladi.

Aviachipta narxlari va parvoz boʻyicha batafsil maʼlumotlarni (+998 78) 140-00-00 telefon raqami orqali olish mumkin boʻladi.

29 129
OʻzA