O‘zA O`zbek

01.07.2020 Chop etish versiyasi

KARANTIN: Yuzdan ziyod mehmonxona roʻyxati shakllantirildi

KARANTIN: Yuzdan ziyod mehmonxona roʻyxati shakllantirildi

Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 30-iyundagi qaroriga asosan koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaymagan davlatlardan kirib kelayotgan Oʻzbekiston fuqarolari va mamlakatda doimiy yashash joyiga ega boʻlgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni ixtiyoriy ravishda oʻz hisoblaridan mehmonxonalarda karantinga olish tartibi belgilandi.

Shu sababli, fuqarolarni karantin talablari asosida joylashtirishga yetarli sharoit yaratgan va ularni qabul qilishga rozilik bildirgan mehmonxona faoliyatini yurituvchi tadbirkorlik subyektlari roʻyxatlari shakllantirildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi maʼlum qildi.

Unga koʻra, 300 ming soʻmgacha narxdagi 599 oʻringa moʻljallangan jami 13 ta, 301-500 ming soʻm narxdagi 4256 ta oʻringa moʻljallangan jami 54 ta, 501 ming soʻmdan yuqori narxdagi 3616 oʻringa moʻljallangan jami 35 ta mehmonxona roʻyxati shakllantirilgan.

Shu oʻrinda, bitta reys orqali Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan fuqarolarning karantin davrida sanitar-gigiyenik xavfsizlik talablari joriy etilgan. Milliy gvardiya tomonidan tunu kun davomida qoʻriqlanadigan mehmonxonalarga tartibli joylashtirilishi, aholi oʻrtasida koronavirusning keng tarqalib ketishini oldini olish maqsadida mehmonxonalarning roʻyxati har bitta narx toifasidan 3 tadan jami 9 ta, eng kam narx taqdim qilgan mehmonxonalar kesimida eʼlon qilib boriladi. Bunda mehmonxonalar oʻrinlari soni karantinga olingan fuqarolar va qayd etilgan bronlar hisobiga toʻlgach, roʻyxat yangilanib boriladi.

46 278
OʻzA