O‘zA O`zbek

01.07.2020 Chop etish versiyasi

Amudaryodagi ummondan qolgan “esdalik”lar sayyohlarni befarq qoldirmaydi

Amudaryodagi ummondan qolgan “esdalik”lar sayyohlarni befarq qoldirmaydi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumanidan oʻtgan Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu avtomagistral yoʻli boʻyidagi tepalikda yuzlab sharsimon toshlarni uchratish mumkin. Dunyoning baʼzi davlatlarida shu kabi toshlarni “dinozavr tuxumlari” deyishadi.

Maʼlumotlarga koʻra, fanda «Moyeraki toshlari» deb nom berilgan sharsimon toshlar geologik nuqtayi nazardan olib qaraganda, okeanning kalsiy mineral tuzlari hamda tuproq birikmasidan hosil boʻlgan.

1 (3).JPG

4 (4).JPG

Ushbu toshlar Tetis ummonidan qolgan esdalik. Million-million yillar avval toshlarning diametri 2-2,5 metr kattalikda boʻlgan. Vaqt oʻtishi bilan yemirilib, qobiqlaridan ajralgan. Hozirda toshlarning diametri oʻrtacha 0,3-0,5 metr atrofida. Bu kabi sharsimon toshlar Yangi Zelandiya orollarida, Avstraliya va Qozogʻiston Respublikasi hududida uchraydi hamda ularni koʻrish uchun har yili yuzlab sayyohlar tashrif buyuradi.

44 600
Maqsad HABIBULLAYEV(surat), OʻzA