O‘zA O`zbek

23.06.2020 Chop etish versiyasi

Dunyoning birinchi raqamli tennischisida koronavirus aniqlandi

Dunyoning birinchi raqamli tennischisida koronavirus aniqlandi

Associated Press nashrining yozishicha, serbiyalik tennischi, dunyoning birinchi raqamli raketka ustasi Novak Jokovich oʻzida koronavirus aniqlanganini tan oldi.

Unda koronavirusga olingan test natijasi ijobiy boʻlib chiqdi. Jokovich kasallanganini Adria Tour koʻrgazmali turnirda ishtirokidan keyin bilgan.

Musobaqaning oʻzida kasallik tarqalganiga qaramay, tennischi test topshirishdan bosh tortgan. Shundan keyin Jokovich Serbiyaga qaytdi.

Aprel oyida Jokovich xalqaro turnirlarda qatnashmoqchi boʻlgan tennischilarning koronavirusga qarshi vaksina olishiga qarshi chiqqandi. “Agar shunday qilinsa, men jiddiy qaror qabul qilishimga toʻgʻri keladi”, — degandi oʻshanda u.

Jokovich yakkalik razryadida jahonning birinchi raketkachisi hisoblanadi. U “Katta dubulgʻa” seriyasida 17-marta gʻolib boʻlgan.

8 992
OʻzA