O‘zA O`zbek

02.07.2020 Chop etish versiyasi

Temiryoʻlning “qismati” shumi?

Temiryoʻlning “qismati” shumi?

Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi “Xalq bilan muloqot” guruhi aʼzosi Mansur Abdusattorov “Manavi akaxon nima qilyapti? Kim biladi?” sarlavhasi ostida qoldirgan posti katta muhokamaga sabab boʻldi. Suratda bir kishi (Fargʻonada) poyezd temiryoʻllaridagi “bolt”larni yechib olib sotayotganligi tasvirlangan.

ff627542-858d-4042-9858-961261e7cc50.jpg

Mingga yaqin izohlar bilan bahs-munozaralarga sabab boʻlgan ayrim fikrlarni eʼtiboringizga havola etamiz.

Javlonbek Sheripov:

– Tirikchilik qilishni yoʻli koʻp lekin bu “tirikchilik”dastidan kimlarningdir oʻlimiga sabab boʻlish tirikchilikmas.

Abdulaziz Abdulaziz:
– Albatta hammamiz uchun achinarli holat bu! Bu rasmdan kelib chiqqan holda ikkita holatni koʻrish mumkin. Agar bu inson haqiqatdan ham boshqa moddiy naflanadigan joyi yoki imkoni boʻla turib bu ishni kasb qilib olgan boʻlsa albatta izohlarda yozilgani kabi jazolash kerak chunki bu qilmishi minglab insonlarning hayotini xavf ostiga qoʻyadi. Endi tangani ikkinchi tomoni bor: agar bu insonning hech qanday moddiy va maʼnaviy manfaatli yeri boʻlmasa hatto oʻziga yoki farzandiga bir boʻlak non topa olmayotgan nochor xolda boʻlsa endi buni oʻylab koʻrish kerak. Chunki bu faqat bu insonning muammosi emas endi. Shuning uchun chorani albatta holatni oʻrganib keyin koʻrish kerak. Shaxsiy fikrim

Dilya Saidjanovna:
– Qattik jazolash kerak!

Senkyu Verimach:
– Boltni yechish kerak. Oʻshanda poyezd halokatga uchrab, odamlar oʻlgandan keyin, nima deysiz? Oyoq qoʻli butun boʻlsa, borib ishlasin.

Shuhrat Nurimbetov:
– Oddiy fuqaro, endi tasavvur qiling, qoʻlida kichik boʻlsada mansabi bor insonning, yurt uchun, xalq uchun nimalar qilishini. Keyingi bekat jahannam.

Rahmonjon Odilov:
– Iloji yoʻqligidan qilgandir balki. Nima qilsin bu PORA oladigan ish joyi boʻlmasa

Dima Qayum:
– Buni karantin davrida nima majbur qildi oʻgʻirlik qilishga. Balki bolalari ochdir, kasaldir, nogirondir kelinglar avval sharoitini bilaylik deyish yoʻqda bizda... Jinoyat qilgan boʻlsa albatta javob beradi.

Sayyora Abduvaxobova:
– Boshqalarni hayotini xavfga qoʻyishga haqqi yoʻq. Jazolanishi kerak. Oilani boqishi kerak deb oqlab boʻlmaydi. Bu tirikchilik emas. Oʻgʻrilik

Zebosh Shamsutdinova:
– Bu akaxon metallolom bolt, keraksiz temirlarni yigʻayaptilar, yaʼni boshqa yurtdoshlarining hayotiga, ularning oila, bola-chaqasiga tupurgan xolda roʻzgʻor tebratish harakatidalar. Shu temir yoʻldan yuradigan poyezddagi insonlarning hayoti bu tirikchilik qilayotgan shaxs uchun oʻsha yechib olayotgan bitta boltchalik xam qadrli emas.

Gulish Gulish:
– Undan koʻra baklashka yigʻib sotsa yaxshiroq foyda qilardi, ham zararsiz. Miyadan ham bergan ekanda...

Gulihumo Majidova:
– Tanasi boshqa dard bilmas, balki ogʻirlikdir balki majburlikdandir

Indi Gandi:
– Har bir erkak boʻlsin, xotin boʻlsin bolalari uchun hamma narsaga tayyor, balkim sizda ish bordir, pulingiz bordir, shuning uchun sizlar yomon xayolga boryapsiz agar shu kishing puli boʻlganda u ishni qilmasdi.

Maʼrifjon Matkobulov:
– Kimdir muhtojlikdan qilgandir dedi, kimdir karantinda qiynalib qolgandir debdi, bu oʻgʻrilik, bu ishni qilgan odam vatanini elini ikkilanmay sotadi bu xoin. Jazoning qattigʻini berish kerak bundaylarga.

Nol Yetti Nol Yetti:
– Vijdonini daydi itlar chaynagan, bir kunda bir marta qorin toʻydirish uchun yuzlab, minglab odamlar hayotini xavf ostida qoldirish darajadagi manqurtlik.

Azamat Islomov:
– Shu darajaga kelib qolishimizga oʻzimiz sababchimasmikanmiz? Befarqlik, loqaydlik, faqat oʻzini oʻylash, boshqalar hayoti bilan qiziqmaslik, bemehrlik illatining urchib ketishi olib kelmadimi? Shu insondan qoʻni qoʻshni mahalla kuy nima qilib yuribsan deb soʻrab koʻrganmikin. Hech kim oʻzidan oʻzi bu ishni qilmaydi. Balkim oilaviy ahvoli shunga majbur qilgandir. Men ham bu insonni qilmishini oqlamayman. Oʻzini uylab, bilmadim balkim 1000 lab insonlar hayotini xavfga qoʻygan. Mayli jinoyatiga yarasha jazo olar. Keyin nima boʻladi?

Inson har qanday holatda ham oʻzgalar hayotini xavfga qoʻyishi toʻgʻri emas. Pandemiya sharoitida birgina bizning vatandoshlarimiz emas, butun dunyoda inqirozli vaziyat yuzaga kelmoqda. Oila, bola-chaqa boqish, qorin toʻydirish dardida bu kabi “oʻgʻrilik” qilishning badali juda ogʻir. Insonni hayvondan uning chiroyli tarbiyasi, xulqi ajratib turadi deyiladi. Shunday ekan insoniyligimizni yoʻqotmaylik.

Siz nima deysiz...


Manija BAHRIYEVA,
jurnalist

2 465
OʻzA