O‘zA O`zbek

02.07.2020 Chop etish versiyasi

“Ipoteka-bank” Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar haqiqatligini tasdiqlamadi

“Ipoteka-bank” Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar haqiqatligini tasdiqlamadi

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekistonning ayrim viloyatlarida xorijdan yuborilgan pul joʻnatmalarini bank boʻlimlaridan olish qiyinlashgani haqida xabarlar tarqaldi. Jumladan, “Ipoteka-bank” ATIB filiallarida naqd pul yetishmovchiligi sababli xalqaro pul oʻtkazmalarini olishda muammolar yuzaga kelayotgani aytilgan.

Bunga javoban “Ipoteka-bank” ATIB Axborot xizmati bergan maʼlumotda, barcha filiallar yetarli miqdorda naqd milliy va xorijiy valyuta bilan taʼminlangani, ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar esa asossiz ekani taʼkidlangan.

Qayd etilganidek, bugungi kunda bank filiallari va kassalarida karantin qoidalariga qatʼiy amal qilingan holda xizmat koʻrsatilmoqda. Kommunal va boshqa toʻlovlarni toʻlashda bankning mobil yoki boshqa xizmatlariga doir ilovalaridan keng foydalanish tavsiya qilinadi. Shuningdek, “Ipoteka-bank” ATIB bilan hamkorlikda yaratilgan “Paysend” ilovasi orqali koʻpgina davlatlardan xalqaro pul oʻtkazmalarini istalgan bank kartasiga joʻnatish imkoniyati yaratilgan.

Maʼlumot oʻrnida aytish joiz, bugungi kunda “Ipoteka-bank” ATIBning Oʻzbekistonda 458 chakana (universal) kassasi faoliyat yuritib, shundan 101 tasida xalqaro pul oʻtkazmalari boʻyicha xizmatlar koʻrsatiladi.

1 744
OʻzA