O‘zA O`zbek

02.07.2020 Chop etish versiyasi

Davlatimning gerbi – baxtim tumori

Davlatimning gerbi – baxtim tumori


Gul vodiylar uzra nur sochar quyosh,
Sakkiz burchagingda hurlik timsoli.
Togʻlar, daryolar va bugʻdoyzor aksi,
Ozodlik timsoli, baxtning timsoli.

Humo qushi qanotida niyatlar,
Yashil, kumush, oltin rangda, oq rangda.
Donishmand el dilidagi hikmatlar,
Yashil, kumush, oltin rangda, oq rangda.

Zarhallangan hoshiyasi bir magʻrur,
Qalbimizga monand rangda, oq rangda.
Erksevarlik ramzi hamda baxt ramzi,
Yashil rangda, kumush rangda, oq rangda.

Ey, baxtlari bahorlarga monandim
Yillar kechdi qora rang – sovuq rangda.
Gerbimizning ishorasi zafarlar,
Yashil rangda, kumush rangda, oq rangda.

Barakaning ismin aytar boshoqlar,
Yorqin rangda, tong kabi porloq rangda.
Halollikni ushlab paxta chanoqlar
Kumush rangda, oppoq rangda, oq rangda.

Oʻzbekiston, yoʻllaring nurli boʻlsin,
Oltin rangda, kumush rangda, oq rangda.
Davlatimning gerbi – mening tumorim,
Osmon rangda, tong kabi porloq rangda.

Zulfiya Moʻminova,
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi


6 451
O'zA