O‘zA O`zbek

24.06.2020 Chop etish versiyasi

Oʻzbekiston Prezidenti Moskvadagi Islom Karimov xiyobonida boʻldi

Oʻzbekiston Prezidenti Moskvadagi Islom Karimov xiyobonida boʻldi


Bugun Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi yaqinida joylashgan Islom Karimov xiyoboniga ham tashrif buyurdi.

Prezidentimiz buyuk davlat va siyosat arbobi, oʻzbek xalqining ulugʻ va ardoqli farzandi, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti haykali poyiga gulchambar qoʻydi, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Islom Karimov oʻzining serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning koʻp asrlik tarixida oʻchmas iz qoldirdi. Nafaqat Oʻzbekiston, balki jahon miqyosida katta hurmat va obroʻ-eʼtiborga sazovor boʻlgan ulugʻ shaxs va arbob xotirasiga 2018-yilning 18-oktyabr kuni Moskva shahrida haykal oʻrnatilgan.


5 914
O'zA