Yunon-rum kuraşi: eng kuçli polvonlar saralandi
Toşkent şahridagi "Olimpiya şaharçasi"da sport kuraşlari böyiça kattalar örtasida Özbekiston çempionati davom etmoqda. Musobaqaning yunon-rum kuraşi yönalişidagi bellaşuvlar yakunlanib, sönggi kun bahslarida yana beşta vazn toifasida ğolib va sovrindorlar nomi maʼlum böldi.
Jumldan, musobaqaning 60 kilogrammgaça vazn toifasida Islomjon Bahromov final bahsida Jonpölat Tölqinboyevni taslim etgan holda mamlakat çempioniga aylandi. Ularga yarim finalda mağlub bölgan Hojiakbar Qöçqorov va Lazizxon Özbekov esa uçinçi örinni egalladi.
Vazni 67 kilogrammgaça bölgan polvonlar orasida Oğabek Muqimov oltin medalga sazovor böldi. Dostonbek Oripov kumuş, Husniddin Olimboyev va Sardor Yöldoşev bronza medallarini qölga kiritdi. -77 kilogrammda Behruzbek Valiyev şohsupaning eng yuqori poğonasidan joy oldi. Abror Ataboyev ikkinçi, Aram Vardanyan va Şahzod Qöçqorov uçinçi örinni band etdi.
Şuningdek, -87 kilogramm vaznda Jalğasbay Berdimuratov va Rahimjon Uzoqov oltin medal uçun ötgan final bellaşuvida raqobatlaşdi. Bahsda katta tajribaga ega bölgan Jalğasbay ğalaba qozonib, oltin medal sohibiga aylandi. Rahimjon esa kumuş medal bilan taqdirlandi. Mazkur vazndagi bronza medallari Alimardon Zubaydullayev va Farrux Komilovga nasib etdi.

Oğir vazn toifasida (130 kg) Temurbek Nasimov (Samarqand) çempion deya eʼtirof etilgan bölsa, Damir Rahmatov ikkinçi, Islomjon Rahmatov va Javohir Şodiyorov uçinçi örinni egalladi.
Şu tariqa, yunon-rum kuraşi böyiça Özbekiston çempionati bahslari yakunlandi. Musobaqa mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan mahoratli polvonlar uçun öz imkoniyatlarini namoyon etiş va kuçlilar safidan joy oliş imkoniyatini berdi.
Ayni damda mamlakat çempionati doirasida ayollar kuraşi böyiça bahslar ötkazilmoqda.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA