Yaşil poytaxt sari strategik qadam: mahalliy köçatçilik rivojlanmoqda
Bugungi kunda ekologik barqarorlikni taʼminlaş masalasi dunyoning barça megapolislari qatori Toşkent şahri uçun ham eng ustuvor vazifalardan biriga aylandi. Şahar aholisining yaşaş qulayligini oşiriş, havo sofligini saqlaş va poytaxtni çinakam yaşil makonga aylantiriş yölida keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda.
Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan boşlangan “Yaşil makon” umummilliy loyihasi esa bu boradagi işlarni yangi, tizimli bosqiçga olib çiqdi. Şahar ekotizimini yaxşilaş nafaqat daraxt ekiş, balki bu jarayonning iqtisodiy va ilmiy asoslarini töğri yölga qöyişni ham talab etadi.
Aynan şu maqsadda, Toşkent şahar hokimligi taşabbusi bilan poytaxtning kökalamzorlaştirişga bölgan içki ehtiyojini töliq mahalliy hisobdan qoplaşga qaratilgan strategik loyihaga start berilgan edi. Bu loyiha şaharning suv va iqlim şaroitiga moslaşgan butalarini mahalliy köçatxonalarda yetiştirişning yaxlit zanjirini yaratişni nazarda tutadi.

Uşbu tizimning joriy etilişi poytaxt yaşil fondini boyitiş bilan bir qatorda, millionlab dollarlik importga qaramlikni kamaytiriş, xorijdan keltiriladigan qimmatbaho manzarali ösimliklar xarajatlarini qisqartiriş va byudjet mablağlarini tejaşda inqilobiy qadam böldi. Bektemir tumanida tajriba tariqasida boşlangan va bugunga kelib butun poytaxt tumanlarini qamrab olgan uşbu taşabbus Toşkentning yaşil kelajagini iqtisodiy tejamkorlik va mahalliy resurs asosida barpo etiş mumkinligini amalda isbotlamoqda.
Har bir tumanda kamida 10 million tupdan, şahar böyiça esa jami 120 million tup buta yetiştiriş rejalaştirilgan. Toşkent şahar hokimligi maʼlumotiga köra, mazkur taşabbus tayyor köçatlarni xarid qiliş xarajatlarini kamaytiriş, mablağlardan samarali foydalaniş va poytaxtning yaşil hududlarini kengaytirişga qaratilgan.
Ayni paytda bu yerda ekilgan daraxtlar qatorida kiçik issiqxonalar ham taşkil etilmoqda. Ularda şahar va tuman obodonlaştiriş boşqarmalari ixtiyoridagi qalamçalardan buta köçatlari yetiştirilmoqda. Bu işlarga tegişli idoralarning 2 ming 20 nafar mutaxassis va xodimlari jalb etilgan.

Jumladan, uşbu jarayonni taşkil etiş maqsadida tumanlarda masʼul xodimlar belgilanib, soha mutaxassislaridan iborat jamoalar tuzildi. Ilgari butalar, jumladan, import navlarni xarid qilişga katta mablağ yönaltirilar edi. Mavjud qalamçalardan köçat yetiştiriş esa importga qaramlikni kamaytiriş va tayyor köçat sotib oliş xarajatlarini qisqartiriş imkonini beradi. Köpaytiriş uçun kamida beş turdagi buta tanlab olingan.
–Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan Bektemir tumanida 2024-yil noyabr oyida Örmon xöjaligi taşkil etilgan edi, – dedi Bektemir tumani hokimi Nurilla Abdurahmonov. – Mazkur yaşil loyiha va örmon xöjaligi barpo etilişi uçun jami 100 gektar yer maydoni ajratilgan. Yangi barpo etilayotgan daraxtzorlarni tizimli ravişda suğoriş va parvarişlaş maqsadida 3 ta sunʼiy suv havzasi va 12 ta tik quduq (artezian) barpo etilgan. Mana ikki yil dapvomida daraxtlar juda çiroyli qad rostlab, boğ taşkil qilindi. Köçat yetiştirişda mutaxassislar bergan maslahatlardan kelib çiqib har bir köçat maxsus körsatma asosida ekilmoqda. Buning natijasini endi bahor oylarida köramiz.

Xorijdan taklif etilgan mutaxassislar iştirokida iqlimga moslaştirilgan bu ösimliklar sönggi ikki mavsumda Toşkent şaroitida yaxşi natija körsatdi. Tanlab olingan turlar orasida şamşod, ligustrum, italyan ligustrumi, “Bravo” lonitserasi, yapon lonitserasi, zirk, beresklet, lavanda, hind nastarini va tuya ösimligi bor. Bu — iqlimga moslaştirilgan import navlar qalamçasidan buta yetiştiriş böyiça şunday kölamdagi ilk loyihadir. Barpo etilayotgan köçatxonalar yaşil belboğning bir qismiga va poytaxtning qöşimça ekologik qalqoniga aylanadi, şuningdek, şaharning köçatga bölgan ehtiyojini bosqiçma-bosqiç qondiriş imkonini beradi. Mahalliy köçat yetiştirişni rivojlantiriş Toşkentni rejali tarzda kökalamzorlaştiriş, uning ekologik tizimini mustahkamlaş va şahar mikroiqlimini yaxşilaşga xizmat qiladi.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA