Yaşil hududlar — ekologik barqarorlik va soğlom kelajak poydevori
Yurtimizda ekologik barqarorlikni taʼminlaş, atrof-muhit musaffoligini asraş, yaşil hududlarni kengaytiriş va daraxtzorlar barpo etiş davlat siyosati darajasiga kötarilgan muhim vazifalardan biriga aylangan. Prezidentimiz taşabbusi bilan amalga oşirilayotgan «Yaşil makon» umummilliy loyihasi esa bu boradagi ezgu maqsadlarni aniq amaliy işlar bilan uyğunlaştirib, har bir hududda obodonlik va kökalamzorlaştiriş harakatini yangi bosqiçga olib çiqmoqda.
Ayniqsa, bugungi kunda iqlim özgarişi, havo ifloslanişi va tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş bilan boğliq muammolar kuçayib borayotgan bir şaroitda har bir ekilgan köçatning ahamiyati yanada ortib bormoqda. Zero, daraxt ekiş faqat hududni obod qiliş emas, balki kelajak avlod uçun soğlom ekologik muhit yaratişga qaratilgan masʼuliyatli vazifadir.
“Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida Buxoro viloyatida ham keng kölamli kökalamzorlaştiriş va obodonlaştiriş işlari izçil davom ettirilmoqda. Uşbu jarayonda Buxoro viloyati bojxona boşqarmasi şaxsiy tarkibi ham faol iştirok etib, tabiatni asraş va yaşil hududlarni köpaytirişga öz hissasini qöşmoqda.

Boşqarma boşliği B. Muratov rahbarligida bojxona xodimlari umumxalq haşari doirasida obodonlaştiriş işlariga jalb etildi. Xususan, viloyatda yangidan barpo etilayotgan xalqaro aeroportga tutaş hudud hamda avtomobil yöllari böylarining ekologik qiyofasini yaxşilaş, manzarali yaşil maydonlarni kengaytiriş maqsadida 1 ming tupdan ortiq daraxt köçati belgilangan agrotexnik talablar asosida ekildi.
Şuningdek, Olot tumanida ham kökalamzorlaştiriş işlariga alohida eʼtibor qaratildi. Kuzgi mavsum davomida bojxona xodimlari tomonidan 9 ming 200 tup tut köçati ötqazilib, amalga oşirilgan işlar töğrisidagi maʼlumotlar “Yaşil makon” elektron platformasiga kiritilişi taʼminlandi.

Eʼtiborlisi, bu kabi taşabbuslarning ahamiyati faqat ekilgan köçatlar soni bilan emas, balki ularning kelgusida parvarişlanişi, kökarib, hududning ekologik muhitini yaxşilaşga xizmat qilişi bilan ham belgilanadi. Şu maʼnoda, kökalamzorlaştiriş işlarida agrotexnik talablarga rioya etiş va har bir niholning kelajagi uçun masʼuliyatni his qiliş muhimdir.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri