Yaponiya kiberhujumlarga qarshi sun’iy intellektni qo‘llamoqchi
Yaponiya hukumati "PHP" dasturlash tilidagi jiddiy zaifliklar sabab tizim xavfsizligini tekshirish va kiberhujumlarni simulyatsiya qilish uchun sun’iy intellekt guruhini tuzmoqda.
Butun dunyoda keng qo‘llanadigan ushbu tizimdagi “tirqishlar” oshkor bo‘lgach, millionlab xakerlik hujumlari kuzatildi va ko‘plab yirik saytlar faoliyati falajlandi.
Oqibatda Yaponiyaning “SoftBank” operatori xavfsizlik yangilanishlari sababli favqulodda xabardor qilish tizimini vaqtincha o‘chirishga majbur bo‘ldi. Natijada 30 milliondan ortiq foydalanuvchi sunami va yer silkinishi haqidagi tezkor ogohlantirishlarni vaqtincha ololmaydigan bo‘ldi.
Bundan tashqari, mamlakatning yetakchi banklari, aviakompaniyalari, temir yo‘llari va davlat idoralari elektron xizmatlarini vaqtincha chekladi.
O‘lka sanoat vaziri Ryosey Akazava kiberhimoyada sun’iy intellektdan foydalanib, hujumchilardan bir qadam oldinda yurish zarurligini ta’kidladi.
Mutaxassislarning qayd etishicha, SI xakerlarga hujumlarni avtomatlashtirishni yengillashtirmoqda. “PHP” dasturchilari yillar davomida yashirin qolgan zaifliklarni bartaraf etib, barcha foydalanuvchilarga tizimlarni zudlik bilan yangilashni tavsiya etgan.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA