Xviça Kvaratsxeliya GQ talqiniga köra «Yil odami» deb topildi
1996-yildan buyon topshirib kelinayotgan mukofot sport, kino, musiqa, moda va madaniyat sohalarida sezilarli natijalarga erişgan hamda ta’sir körsatgan şaxslarga beriladi.
PSJ hujumçisi Xviça Kvaratsxeliya GQ France jurnali tomonidan 2026-yilning «Yil odami» mukofotiga loyiq körildi.
1996-yildan buyon topshirib kelinayotgan mukofot sport, kino, musiqa, moda va madaniyat sohalarida sezilarli natijalarga erişgan hamda ta’sir körsatgan şaxslarga beriladi. Bu yilgi laureatlar safidan fransiyalik MMA jangçisi Salahdin Parnas ham örin oldi.
Gruziyalik futbolçi «Oltin töp — 2026» ovoz berişida oltinçi örinni egallab, sovringa nomzod bölgan PSJdagi qolgan töqqiz jamoadoshidan yuqori natija qayd etgandi.
Şu bilan birga, Kvaratsxeliya hozir jarohatdan tiklanmoqda. U Çempionlar ligasida «Barselona»ga qarşi kechgan va parijliklarning 4:2 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlangan uçraşuvda tizzasining xochsimon boylamlarini jarohatlagan. OAV xabarlariga köra, uning tiklanişi taxminan töqqiz oy davom etişi mumkin.