Xulen Lopetegi Qatar terma jamoasini tark etişga qaror qildi
Ispaniyaning Marca naşri ma’lumotiga köra, 59 yoşli mutaxassisning bunday qarorga kelişiga Osiyo kubogi muddatining özgartirilişi asosiy sabab bölgan.
Qatar milliy terma jamoasi boş murabbiyi Xulen Lopetegi 2027-yil aprel oyida yakunlanadigan şartnomasini uzaytirmaslikka qaror qildi.
Ispaniyaning Marca naşri ma’lumotiga köra, 59 yoşli mutaxassisning bunday qarorga kelişiga Osiyo kubogi muddatining özgartirilişi asosiy sabab bölgan.
Dastlab 2027-yil yanvar–fevral oylariga rejalaştirilgan qit’a çempionati Yaqin Şarqdagi xavfsizlik bilan boğliq vaziyat sabab keçiktirildi. Osiyo futbol konfederatsiyasi musobaqani 2027-yil 23-dekabrdan 2028-yil 21-yanvarga qadar ötkazişga qaror qilgan.
Xabarlarga köra, Lopetegi dastlab Qatar terma jamoasidagi faoliyatini davom ettirişni rejalaştirgan. Biroq musobaqalar taqvimidagi özgarişlar va mintaqadagi beqaror vaziyat uning kelajak rejalarini qayta körib çiqişiga sabab bölgan.
Ispaniyalik mutaxassis 2027-yil yozidan boşlab yangi jamoada iş boşlaş imkoniyatlarini körib çiqmoqda. Hozirça uning navbatdagi iş joyi ma’lum emas.
Eslatib ötamiz, Xulen Lopetegi 2025-yilda Qatar milliy terma jamoasi boş murabbiyi etib tayinlangan edi.
Uning rahbarligida Qatar 2026-yilgi Jahon çempionatiga yöllanma oldi. Mundialda jamoa B guruhida Şveysariya bilan durang öynab, Kanada va Bosniya va Gersegovinaga mağlub böldi hamda sönggi örinni egalladi.
Şu tariqa, Lopetegi Qatar terma jamoasidagi faoliyatini 2027-yil aprel oyida yakunlaşi kutilmoqda.