Xitoylik investorlar bilan hamkorlik kölami kengaymoqda
Andijon viloyati hokimi Şuhratbek Abdurahmonov Xitoyning xalqaro injiniring sohasida faoliyat yurituvçi yirik kompaniyalari - CAMCE prezidenti va IPPR raisi Li XaiXin bilan uçraşdi.
Mamlakatimizda xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş, hududlarning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalaniş va yangi investitsiya loyihalarini amalga oşiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada Andijon viloyatida ham salmoqli işlar olib borilmoqda. Jumladan, Andijon viloyatida ötgan 2025-yilda 1 milliard 978 million dollarlik xorijiy investitsiya özlaştirilgan bölsa, joriy yilda 3 milliard 500 million dollar miqdordagi xorijiy investitsiya özlaştirilişi rejalaştirilgan. Şu yilning ötgan 8 oyi davomida belgilangan 2,6 milliard dollar xorijiy investitsiya özlaştirilib, belgilangan reja 121 foizga bajarildi.


Andijon viloyati hokimligi tomonidan xorijlik investorlar bilan bevosita hamkorlikni yölga qöyiş, yangi-yangi loyihalarni hamkorlikda amalga oşiriş borasida olib borilayotgan amaliy saʼy-harakatlar mazkur yönalişda erişilayotgan ijobiy natijalarda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonovning Xitoyning xalqaro injiniring sohasida faoliyat yurituvçi yirik kompaniyalari - CAMCE prezidenti va IPPR raisi Li XaiXin va boşqa mutasaddilari bilan uçraşuvi ham ana şu yönalişdagi işlardan yana biri böldi.
Maʼlumot örnida: CAMCE kompaniyasi xalqaro quriliş, energetika va infratuzilma loyihalarini amalga oşirişga, IPPR kompaniyasi esa arxitektura, loyihalaş va qurilişni boşqarişga ixtisoslaşgan. Har ikki kompaniya Xitoyning SINOMACH korporatsiyasi tarkibiga kiradi. Ularning faoliyati sanoat, energetika, sport, ekologiya va suv xöjaligi kabi yönalişlarni qamrab oladi.
Uçraşuvda Andijon viloyatining investitsiyaviy va infratuzilmaviy salohiyatini rivojlantiriş, yangi işlab çiqariş quvvatlarini yaratiş hamda tibbiyot sohasini takomillaştirişga qaratilgan istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş masalasi muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida CAMCE va IPPR kompaniyalari bilan hamkorlikda Andijon viloyatida yangi sanoat parki hamda xalqaro onkologiya klasterini taşkil etiş böyiça kelişuvga erişildi.
Uşbu hamkorlik viloyatda sanoat tarmoğini rivojlantiriş, xorijiy investitsiyalar hajmini oşiriş, yangi iş örinlari yaratiş va aholiga ixtisoslaştirilgan onkologik tibbiy xizmat körsatiş imkoniyatlarini yanada kengaytirişga qaratilgan.
Faxriddin Ubaydullayev,
ÖzA muxbiri