Xegset va Rubio işdan ketadimi?
AQŞdagi oraliq saylovda respublikaçilar mağlubiyatga uçragaç, Prezident Donald Tramp maʼmuriyatidagi kadrlar almaşinuvi haqida xabarlar tarqaldi. Jumladan, mudofaa vaziri Pit Xegset va Davlat kotibi Marko Rubio lavozimidan ketişi mumkinligi aytildi. Oq uy bu maʼlumotni inkor etdi. Rubio ham işini Trampning prezidentlik muddati tugagunga qadar davom ettiriş niyatini bildirdi.
Xegset esa Eron bilan uruşdagi iştiroki uçun tanqid ostida qolgan. Respublikaçilar muammosiga aynan şu uruş sababligi köp gapirilyapti. Kongress vakili Tomas Massi mudofaa vaziriga nisbatan impiçment jarayoni boşlanişini taʼkidladi. Xegset esa bu taşabbusni siyosiy hujum deb atab, öz faoliyatini himoya qildi. Tramp hozirça uni lavozimda qoldiriş niyati borligini qayd etgan.
Oq uy harbiy rahbariyatida özgariş ehtimoli borligi haqida ham xabar berildi. “Vaşington post” naşri Tramp Qurolli kuçlar ştab boşliqlari qömitasi raisi general Den Keyn yoki AQŞ Markaziy qömondonligi rahbari admiral Bred Kuperni almaştiriş masalasi körib çiqilayotganini yozdi. Ularning har ikkisi Eron bilan uruş böyiça qarorlar muhokamasida faol qatnaşgan.
Musulmon Ziyo, ÖzA