Xarajatlarini “quyosh” dan oladigan bog‘bonlar
Sarlavhani o‘qib hayratlanmang. Ha, Farg‘ona viloyatida bog‘dorchilik xarajatlarining bir qismini “quyosh” dan oladigan xo‘jaliklar bor. Uzumchilikda zamonaviy, aytish mumkinki, ilgari hech kim hech qachon qo‘llamagan agrotexnologiya joriy etildi. Aslida, Farg‘onada uzumchilik hududning agrar salohiyatini namoyon etuvchi muhim yo‘nalishlardan biri sifatida rivojlanmoqda.
O‘zbekiston-Rossiya xududlarining III yig‘ilishi ishtirokchilari Quva tumanidagi «AOK GARDEN» MCHJda yo‘lga qo‘yilgan zamonaviy uzumchilik faoliyati bilan tanishdilar.
110 gektar maydonda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida 50 gektarda 10 mingta quyosh paneli o‘rnatilib, 5 MVt quvvatga ega zamonaviy energiya tizimi yaratilgan.
Mehmonlarga uzum yetishtirish, tomchilatib sug‘orish tizimi, uzumzorlarni parvarishlash hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash istiqbollari haqida ma’lumot berildi.
Tashrif davomida delegatsiya a’zolari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan ham tanishib, «AOK GARDEN»da qo‘llanilayotgan zamonaviy yondashuvlarga yuqori baho berdilar.
Muhammadjon Obidov,
O‘zA