Xalqaro koalitsiya kuchlari Iroqni to‘liq tark etdi
Iroqda ko‘p yillardan beri taxmin qilingan voqea yuz berdi: Qo‘shma Shtatlar boshchiligidagi xalqaro koalitsiya kuchlari mamlakatni quruqlik, havo va dengiz orqali butunlay tark etdi. Iroq bosh vaziri Ali az-Zaydiy ushbu voqeani “milliy muvaffaqiyat” deb e’lon qildi va 1-oktabrdan e’tiboran o‘lkada to‘liq mustaqillik davri boshlanganini bildirdi.
Ta’kidlanishicha, endilikda Iroq hukumati o‘z hududida mutlaq nazoratni o‘rnatishni maqsad qilgan. Bosh vazirning qayd etishicha, eng asosiy vazifa davlat nazoratidan tashqarida bo‘lgan barcha noqonuniy qurolli guruhlarni qurolsizlantirish va qurol-yarog‘larni faqat rasmiy idoralarga topshirishdir. Ushbu jarayon uchun aniq “yo‘l xaritasi” belgilanib, 2027-yilning 30-iyuniga qadar yakunlanadi.
Bundan buyon Iroqda urush va tinchlik haqidagi qarorlarni faqat konstitutsiyaviy davlat organlari qabul qiladi. Mamlakat o‘zining xavfsizligini mustahkamlash uchun zamonaviy havo mudofaa tizimlarini xarid qilishni va “Hashdi Sha’biy” ko‘ngillilar tuzilmasini rasmiy qurolli kuchlar tarkibiga kiritishni rejalashtirmoqda.
Ushbu tarixiy burilish munosabati bilan Iroqda 1-oktabr sanasi “Iroq suvereniteti kuni” sifatida keng nishonlanmoqda.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA