Urbanizatsiya sohasida davlat boşqaruvi samaradorligi oşiriladi
Keyingi yillarda mamlakatimizda aholi uçun qulay yaşaş muhitini yaratiş, şaharsozlik sohasida davlat boşqaruvi tizimini takomillaştiriş, urbanizatsiya jarayonlarini rivojlantiriş böyiça qator çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Quyi palata majlisida ikkinçi öqişda muhokama qilingan “Urbanizatsiya sohasi takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining Şaharsozlik kodeksiga qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi urbanizatsiya jarayonlari bilan boğliq.
Taʼkidlanganidek, uşbu qonun loyihasi bilan urbanizatsiya jarayonlarini hisobga olgan holda şaharlarning jamiyat va iqtisodiyot rivojidagi rolini oşiriş, aholining turmuş tarzini sifat jihatidan yangi bosqiçga kötariş hamda ekologik muhitni va şahar infratuzilmasini yanada yaxşilaş, aholi punktlarini hududlarni kompleks rivojlantiriş asosida mutanosib rejalaştiriş şaharsozlikda asosiy prinsiplar sifatida belgilanmoqda.
Şu bilan birga, urbanizatsiya sohasida davlat boşqaruvi samaradorligini oşiriş, Özbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantiriş milliy qömitasining huquqiy maqomi va vakolatlari Şaharsozlik kodeksida aniq körsatilmoqda.
Qonun loyihasi bilan şaharlar va şaharçalarning boş rejalari, batafsil rejalaştiriş loyihalari hamda master-rejalarini kelişiş, urbanizatsiya jarayonlarini muvofiqlaştiriş bilan boğliq normalar aniqlaştirilmoqda. Xususan, urbanizatsiya jarayonlarini hisobga oliş va qulay infratuzilmalarni yaratişni taʼminlaş maqsadida yirik va ahamiyatli turizm, biznes, madaniyat, sport hamda aholini faol jalb qilişga qaratilgan loyihalarni amalga oşiriş bilan boğliq huquqiy asoslar belgilanmoqda.
Qayd etilganidek, loyihaning qabul qilinişi urbanizatsiya jarayonlarini samarali boşqariş, hududlarni mutanosib rivojlantiriş, şaharsozlik sohasida idoralararo hamkorlikni kuçaytiriş hamda aholi uçun qulay va ekologik barqaror yaşaş muhitini şakllantirişga xizmat qiladi.
Qonun loyihasi qabul qilinib, Senatga yuborildi.
Muhtarama Komilova, ÖzA