UNODC vakillari bilan uçraşuv
Navoiy xalqaro aeroporti direktori Alişer Kliçev UNODC vakillari – Laura Skotto di Klemente va Irina Li bilan uçraşdi.
Uçraşuv davomida Navoiy xalqaro aeroportining qulay geografik joylaşuvi, rivojlanib borayotgan logistika infratuzilmasi va xalqaro yuk taşiş yönalişlaridagi salohiyati, uni Markaziy Osiyodagi muhim transport-logistika markazlaridan biriga aylantiriş borasida olib borilayotgan işlar haqida maʼlumot berildi.

Mehmonlar aeroportning mavjud imkoniyatlari, infratuzilmasi hamda amalga oşirilayotgan faoliyati bilan yaqindan tanişdi. Jarayonda strategik muhim xomaşyo resurslari xavfsizligini taʼminlaş markazi vositasida strategik ahamiyatga ega xomaşyo mahsulotlarini yetkazib beriş zanjirlarini takomillaştiriş, ularning bir davlatdan ikkinçisiga taşilişida xavfsizlikni taʼminlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Uçraşuvda mehmonlar aeroport faoliyati, yuklarni qabul qiliş va jönatiş jarayonlari, logistika imkoniyatlari hamda strategik ahamiyatga ega yuklar xavfsizligini taʼminlaş mexanizmlari yuzasidan özlarini qiziqtirgan qator savollarga javob oldilar.
A.Böriyev, ÖzA muxbiri