Turkiya ITU Kengaşiga yettinçi marta saylandi.
Qatarning Doha şahrida bölib ötgan Xalqaro telekommunikatsiya ittifoqi (ITU) Kengaşi saylovida Turkiya ketma-ket yettinçi marta taşkilot Kengaşi aʼzoligiga saylandi.
Qardoş davlat Taşqi işlar vazirligi ÖzA muxbiriga maʼlum qilişiça, uşbu natija mamlakatning ilm-fan, texnologiya va raqamli transformatsiya sohalaridagi salohiyatiga xalqaro hamjamiyat tomonidan bildirilayotgan yuksak işonçning yana bir tasdiğidir.
Bayonotda Turkiya Birlaşgan Millatlar Taşkilotining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va telekommunikatsiya sohasidagi ixtisoslaşgan muassasasi hisoblangan ITU doirasida faol iştirokini davom ettirişi taʼkidlangan. Şuningdek, mamlakat global raqamli kun tartibini şakllantiriş, sohada xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş va raqamli taraqqiyotga qaratilgan taşabbuslarga hissa qöşişga tayyorligi qayd etilgan.
Nodira Qayumova, ÖzA
Turkiya