Tuman hokimi maktablarda oçiq muloqot ötkazmoqda
Surxondaryo viloyatining Şörçi tumani hokimi Akbarali Işmurzoyev umumtaʼlim maktablarida bölib, ustozlar bilan taʼlim sifati va samaradorligini oşiriş, 11-sinf öquvçilarining fanlarni çuqur va mukammal özlaştirişi yuzasidan amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişmoqda.
Yoş avlodning çuqur taʼlim-tarbiya olişiga qaratilayotgan muloqotlarda bitiruvçi-yoşlarning oliy taʼlim muassasalariga öqişga kirişi, özlari qiziqqan sohalarni tanlaşi va kelajakda munosib kadrlar bölib kamolga yetişişi uçun mamlakatimizda barça şaroit yaratilganini alohida taʼkidlamoqda. Jamiyatda öz örnini topişda ilm-fanning ahamiyati haqida fikr almaşib, ularga taklif va tavsiyalarini bildirmoqda.

Tumandagi 3-umumtaʼlim maktabida bölib ötgan uçraşuvda ham şu haqda atrofliça söz yuritildi. Tuman hokimi öğil-qizlarga mustaqil hayotga qadam taşlaş uçun hozirdan aniq bir kasbning etagidan tutib, ota-onalari va ustozlari maslahatlariga tayanişni, aʼlo baholarga öqişni tavsiya etdi.

Öqituvçilar bilan suhbatda har bir bitiruvçining orzusi va intilişi röyobga çiqişi uçun pedagog masʼuliyati xususida fikr almaşib, ustozlarning taʼlim sifatini yanada oşiriş yölida doimiy izlanişi bitiruvçi sinflar öquvçilarining katta hayot ostonasida muhim ahamiyat kasb etişini qayd etdi.

Şu kuni tuman hokimining 36-umumtaʼlim maktabida ham ustozlar va bitiruvçi sinflar öquvçilari bilan uçraşuvi bölib ötdi.

Joriy yilda Şörçi tumanidagi 75 ta umumtaʼlim maktabini 2 ming 800 dan ortiq öğil-qiz bitirib, mustaqil hayotga yöllanma oladi. Tuman rahbarining hozirdan ular bilan uçraşib, öz orzu-istaklarini röyobga çiqarişga ruhlantirayotgani maktab bitiruvçilarining çuqur bilim olib, jamiyatda öz örnini topişiga turtki böladi. Ustozlarini öz kasbiga köproq mehr uyğotib, betinim izlanişga, pedagoglik masʼuliyatini oşirib, öquvçilarga sifatli taʼlim-tarbiya berişga undaydi.
Xolmömin Mamatrayimov,
ÖzA muxbiri