Transport sohasida yuridik kadrlar malakasini oşirişning ustuvor yönalişlari belgilandi
Transport xavfsizligini taʼminlagan holda soha qonunçiligini takomillaştiriş va xalqaro standartlarni milliy tizimga integratsiya qiliş bugungi kun oliy taʼlimi hamda ilm-fani oldida turgan eng ustuvor vazifalardan biridir. Ayni şu maqsadda, mamlakatimizning ikki yetakçi taʼlim va ilmiy muassasasi — Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş instituti hamda Toşkent davlat transport universiteti vakillari örtasida rasmiy uçraşuv bölib ötdi.
Muloqot davomida tomonlar kelgusidagi hamkorlikning strategik yönalişlarini batafsil muhokama qilib, ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqiçga olib çiquvçi muhim şeriklik memorandumini imzoladi.
Tadbirda qayd etilganidek, zamonaviy raqamli texnologiyalar asrida transport tizimining jadal rivojlanişi va xalqaro logistika zanjirlarining kengayişi uşbu sohada yuqori malakali, zamon talablariga javob beradigan huquqşunos kadrlarga bölgan ehtiyojni har qaçongidan ham oşirmoqda. Mazkur memorandum institut va universitet örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş hamda qöşma taşabbuslarni yölga qöyiş uçun asos bölib xizmat qiladi.
Tomonlar özaro tajriba almaşiş va qöşma taşabbuslarni amalga oşiriş imkoniyatlari yuzasidan fikr almaşdi va tegişli kelişuvlarga erişdi.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA