Toşkentda dzyudoning yangi yulduzlari kaşf etilmoqda
Poytaxtimizdagi «Olimpiya şaharçasi»ning yakkakuraşlar majmuasida ösmirlar örtasida ilk bor Gran-pri turkumiga kiruvçi «Saber Tashkent Grand Prix Cadets – 2026» xalqaro turniri boşlandi.
Nufuzli musobaqada dunyoning tört qitʼasidagi 19 davlatdan 250 nafar yoş dzyudoçi iştirok etmoqda. 18 yoşgaça bölgan polvonlar ikki kun davomida 16 ta vazn toifasida — öğil bolalar va qizlar örtasida sakkiztadan medallar jamlanmasi uçun bahs olib boradi.
Mazkur turnirda Özbekiston ösmirlar terma jamoasining 60 nafarga yaqin aʼzosi mamlakatimiz şarafini himoya qilmoqda.
Musobaqaning öziga xos jihati şundaki, kattalar örtasidagi nufuzli turnirlarda bölgani kabi sovrindorlar medallar bilan bir qatorda pul mukofotlariga ham ega böladi. Çempionlarga 1 200, ikkinçi örin sohiblariga 650, bronza medali bilan taqdirlangan iştirokçilarga esa 320 yevrodan mukofot puli berilişi belgilangan.
[gallery-32700]
Uşbu xalqaro anjuman yoş dzyudoçilarning mahorat va salohiyatini namoyon etişi, tajriba orttirişi hamda kelgusida yirik sport musobaqalarida munosib iştirok etişi uçun muhim imkoniyat yaratadi.
Muhammad AMIN (surat), ÖzA