Tehron Vaşington bilan kelişuvga erişiş uçun yangi taşabbusni ilgari surdi
Eron tomoni Qöşma Ştatlar uning talablarini bajargan taqdirda, ikki kun içida Hurmuz böğozida xavfsizlikni tiklaş hamda diplomatik muzokaralarni qayta boşlaşga tayyorligini maʼlum qildi.
Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi. Uşbu bayonot Vaşington va Tehron örtasida navbatdagi ehtimoliy harbiy keskinlaşuv fonida yangradi. Eron Taşqi işlar vazirligi vakili Ismoil Baqoiyning taʼkidlaşiça, Tehron sentabr oyida taklif etilgan yetti kunlik rejani amalga oşiriş muddatini ezgu niyat belgisi sifatida ikki kungaça qisqartirgan.
Mulozimning sözlariga köra, AQŞ zarur qarorlarni qabul qilsa, qisqa muddat içida böğozda xavfsizlikni taʼminlaş va muzokaralar jarayonini boşlaş imkoniyati paydo böladi.
Şu bilan birga, Eron prezidenti Masʼud Pezeşkiyon öz maʼmuriyati muammolarni muloqot yöli bilan hal etiş tarafdori ekanini bildirdi. Uning taʼkidlaşiça, mamlakat oliy rahnamosi Mujtabo Xomanaiy hukumatga diplomatik yeçimlarni izlaş uçun tegişli vakolatlar bergan.
Eron taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi esa Qatar va Pokiston vositaçiligida olib borilayotgan maslahatlaşuvlar juda faol tus olganini maʼlum qildi. U Eronning mudofaa va diplomatiya sohasida harakat qilişga tayyorligini yana bir bor taʼkidlab, AQŞ tomonidan amalga oşiriladigan har qanday yangi harbiy keskinlaşuvga yanada keskin va oğir javob qaytarilişini bildirdi.
F.Yaxşiboyeva, ÖzA