Tarmoqlar mavsumga şay holga keltirilmoqda
Kuz-qiş mavsumida aholini barqaror energiya manbalari bilan taʼminlaş kommunal idoralarning qay darajasidagi taraddud körganiga bevosita çambarças boğliq.
«Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali viloyat hamda tegişli hududlarda elektr energiyasini uzatiş tizimining işonçli işlaşini taʼminlaş maqsadida keng kölamli elektr xöjaligiga xizmat körsatadi.
Bugungi kunda filial tasarrufida jami 216 podstansiya bölib, ularning umumiy quvvati 4617,86 MVA ni taşkil etadi. Şuningdek, 35, 110, 220 va 500 kV kuçlanişdagi elektr uzatiş havo tarmoqlarining umumiy uzunligi 3 067,076 kilometrdan iborat.

Barça joylarda bölgani singari «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filialida ham kuz-qiş mavsumini barqaror va talofatlarsiz ötkazişga qaratilgan puxta tayyorgarlik körildi. Bu borada elektr qurilmalari, elektr uzatiş havo tarmoqlari hamda bino-inşootlarni mavsumga tayyorlaş böyiça alohida çora-tadbirlar rejasi işlab çiqilib, hozirga qadar ijrosi doirasida qator işlar qilindi.
Xususan, şu yilning fevral–sentabr oylari davomida elektr uskunalari va elektr uzatiş havo tarmoqlarida keng kölamli taʼmirlaş işlari amalga oşirildi. Mukammal taʼmirlaş işlari natijasida 110 kV kuçlanişli olti transformator, 500 kV kuçlanişli elektr uzatiş havo tarmoqlarining 11,4 kilometri, 220 kV kuçlanişli havo tarmoqlarining 4, 110 kV kuçlanişli havo tarmoqlarining 200,54, 35 kV kuçlanişli havo tarmoqlarining esa 79,14 kilometr qismlari taʼmirlandi. 220 kV kuçlanişli bitta, 110 kV kuçlanişli 15 va 35 kV kuçlanişli 53 ta öçirgiçlar mukammal taʼmirlandi.

Joriy taʼmirlaş işlari böyiça ham belgilangan rejalar töliq bajarildi. Jumladan, 336 transformator, 220–110–35 kV kuçlanişli 541 öçirgiç va 500–220–110–35 kV kuçlanişli elektr uzatiş tarmoqlarining 2 ming 744,6 kilometr qismi joriy taʼmirdan çiqarildi.
Öz navbatida, elektr uzatiş havo tarmoqlarining işonçli işlaşini taʼminlaş va favqulodda öçişlarning oldini oliş maqsadida tarmoqlarning muhofaza maydonlarida ham zarur işlar bajarildi. 522 kilometr uzunlikdagi elektr uzatiş tarmoqlari yaqinida ösib, tarmoqlarga xavf tuğdirayotgan daraxt şox-şabbalari tozalanib, favqulodda öçişlar va texnologik yöqotişlarni kamaytirişga qaratilgan çoralar körildi.

– Eʼtiborga molik natijalarimizdan biri şundaki, elektr uzatiş havo tarmoqlarida maʼnan va jismonan eskirgan izolyatorlar yangilariga almaştirildi, – dedi "Özbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatining "Namangan magistral elektr tarmoqlari" filiali direktori Ravşan Ibragimov. – Elektr uzatiş tarmoqlarining işonçli işlaşini taʼminlaş maqsadida quşlar qönişiga qarşi 358 moslama örnatildi.
Qayd etiş joizki, kuz-qiş mavsumida elektr energiyasiga bölgan talab ortadi. Şuni hisobga olgan holda, avvalgi mavsumda yuklamasi yuqori bölgan podstansiyalarda transformatorlar quvvatini oşiriş işlari amalga oşirildi.

Qolaversa, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi tegişli qarori bilan tasdiqlangan dastur asosida Davlatobod tumanidagi 110 kV kuçlanişli podstansiyada modernizatsiya işlari amalga oşirildi. Uşbu podstansiyadagi 6 ming 300 kVA quvvatli ikkita transformator 25 ming kVA quvvatli transformatorlarga almaştirildi. Şuningdek, KRUN-10 kV va boşqa asosiy uskunalar yangilanib, podstansiyaning umumiy quvvati 50 ming kVAga yetkazildi.

Bundan taşqari, Norin tumani hududidan ötuvçi 110 kV kuçlanişli «Xaqqulobod-1» elektr uzatiş tarmoğining 35,5 kilometr qismi modernizatsiya qilindi. Uşbu işlar natijasida jami 98,9 MVA qöşimça quvvat yaratildi. Bu esa Namangan şahri, Uyçi, Töraqörğon, Yangiqörğon, Norin, Davlatobod va Pop tumanlaridagi aholi hamda tadbirkorlik subʼektlarini elektr energiyasi bilan işonçli taʼminlaş imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qilmoqda.
Xulosa örnida şuni taʼkidlaş örinliki, amalga oşirilgan mukammal va joriy taʼmirlaş işlari, elektr uzatiş tarmoqlarini modernizatsiya qiliş, eskirgan uskunalarni yangilaş hamda podstansiyalar quvvatini oşiriş orqali kuz-qiş mavsumida yuzaga kelişi mumkin bölgan ortiqça yuklamalarni kamaytiriş va elektr taʼminoti barqarorligini mustahkamlaşga alohida eʼtibor qaratildi. Buning natijasida «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufidagi elektr qurilmalari joriy kuz-qiş mavsumini talofatlarsiz ötkaziş uçun şay holatga keltirildi.

Binobarin, kelgusida ham elektr uzatiş tarmoqlari va podstansiyalarning işonçli işlaşini taʼminlaş, avariyaviy holatlarning oldini oliş hamda isteʼmolçilarni elektr energiyasi bilan barqaror taʼminlaşga qaratilgan işlar davom ettiriladi.
Oqilxon Dadaboyev, ÖzA muxbiri