Surxonda kuzning sönggi jilolari
Kuzning sönggi kunlarida Surxon vohasi öziga xos tarovat kasb etgan. Boysunning olis toğli hududlari va Termiz şahridagi istirohat boğlarida faslning betakror manzaralariga guvoh böliş mumkin.
Boysunning uluğvor toğlari, bepoyon qir-adirlari, kuzgi ranglarga burkangan daraxtlar özaro uyğunlikda ajib manzara hosil qilgan. Toğ yonbağirlaridagi sokinlik, musaffo havo va tabiatning rang-barang jilolari kişiga zavq bağişlaydi.
Termiz şahridagi istirohat boğlarida esa kuzning özgaça jozibasi namoyon bölmoqda. Sariq va zarğaldoq tusga kirgan daraxtlar, xazon töşalgan yölaklar, şoxlarda qolgan oltinrang yaproqlar şahar qiyofasiga alohida körk bağişlagan.
Toğlar bağridagi osoyiştalik va şahar boğlaridagi xazonrezgi kuzning ikki xil, ammo birdek maftunkor qiyofasini aks ettiradi. Qiş arafasida tabiatning bunday gözalligi insonni atrof-olamni asrab-avaylaşga, uning har bir lahzasini qadrlaşga undaydi.
[gallery-32785]
Kuzning sönggi kunlarida Boysun toğlari va Termiz boğlarida muhrlangan uşbu manzaralar Surxon vohasi tabiatining naqadar gözal va rang-barang ekanini namoyon etadi.
Jonibek QÖZIMURODOV (surat), ÖzA