Soğliqni saqlaşdagi islohotlar: erta ölim holatlari 15 foizga kamaygan
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi Özbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining yiğilişida bir qator qonun loyihalari hamda parlament nazoratiga oid masalalar körib çiqildi.
Dastlab fraksiya rahbari Abduşukur Hamzayev mamlakatimiz siyosiy-ijtimoiy hayotidagi muhim voqeliklarga töxtaldi. Xususan, Prezidentimizning soğliqni saqlaş va farmatsevtika sohasi vakillari bilan uçraşuvi hamda “Olimpiya şaharçasi”ga taşrifi haqida söz yuritdi.
— Mamlakatimizda kasalliklarni erta aniqlaş, inson salomatligini muhofaza qiliş va tibbiy xizmat sifatini oşiriş borasida keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda, — dedi fraksiya rahbari. — Jumladan, saraton kasalliklarini erta aniqlaş dasturi bosqiçma-bosqiç barça hududlarni qamrab oladi. Buning uçun yiliga 700 milliard söm yönaltiriladi. Şuningdek, infarkt va insultni erta aniqlaş dasturi natijasida beş oyda erta ölim holatlari 15 foizga kamaygan. 855 nafar inson hayoti va salomatligini asrab qolişga erişilgani muhim natija.

Muhokamalarda qayd etilganidek, kelgusi yilda uşbu dastur barça tuman va şaharlarda amalga oşirilib, 280 milliard söm ajratiladi. Aholi uçun kafolatlangan tibbiy xizmatlar ham kengaytirilib, bepul dori vositalari 73 taga, tibbiy tekşiruvlar esa 36 taga yetkaziladi. Bu taşabbuslar zamirida, avvalo, inson salomatligi, umr sifati va xalq farovonligini yuksaltirişdek ezgu maqsad mujassamligi alohida taʼkidlandi.
Fraksiya aʼzolari inson salomatligi hamma narsadan ustun ekanini eʼtirof etib, sohada olib borilayotgan saʼy-harakatlarda parlament va deputatlik nazoratini amalga oşiriş lozimligini alohida taʼkidladi.
M.Komilova,
ÖzA