Soğliqni saqlaşda xususiy sektor uluşini oşiriş tibbiyotimizni qaysi bosqiçga olib çiqadi?
Mamlakatimiz taraqqiyotining bugungi yangi bosqiçida har bir insonning soğliğini muhofaza qiliş, munosib turmuş şaroiti yaratiş kölamini kengaytiriş davlat siyosatining eng ustuvor yönalişiga aylandi.
Soğliqni saqlaş sohasida amalga oşirilayotgan tub islohotlar faqatgina tibbiyot muassasalarini taʼmirlaş yoki zamonaviy jihozlaş bilan çeklanib qolmasdan, balki butun bir tizimni bozor mexanizmlari, xalqaro standartlar va ilğor boşqaruv usullari asosida tubdan yangilaşga qaratilmoqda.
Prezident Şavkat Mirziyoyev 28-oktabr kuni soğliqni saqlaş sohasiga investitsiya jalb qiliş, xususiy sektor iştirokini kengaytiriş va yirik tibbiyot obʼektlarini barpo etiş yuzasidan taqdimot bilan tanişdi.
Mazkur taqdimot natijalari, sohada kutilayotgan strategik özgarişlar, hududiy master-rejalarni işlab çiqiş, autsorsing xizmatlarining yangi mexanizmlari hamda xorijiy brendlar bilan hamkorlik qiliş yönalişlaridagi amaliy işlar xususida soha masʼullari, mutaxassislar öz fikrlarini bildirdi:
Ilhomjon Umrzoqov,
soğliqni saqlaş vaziri örinbosari:
– Taqdimotda tibbiyot infratuzilmasini, tibbiyot xizmatlarini, jihozlarni, umuman olganda, yagona rejalaştiriş mexanizmi böyiça aniq topşiriqlar berildi. Joriy yil yakuniga qadar butun respublika böyiça master-rejalarni işlab çiqiş va yakunlaş vazifasi qöyildi.
Bundan taşqari, tibbiyot sohasida xususiy sektor uluşini yanada kengaytiriş böyiça qaror loyihasi taqdimoti ham bölib ötdi. Unda tibbiyot sohasida xususiy sektor uçun yanada keng yöllar oçilişi nazarda tutilgan. Xususan, autsorsing tizimining yangi mexanizmi taqdimot qilindi va bu davlatimiz rahbari tomonidan qöllab-quvvatlandi. Bu yangi mexanizmga köra, endilikda yordamçi xizmatlar, klinik-yordamçi hamda klinik xizmatlarni xususiy sektorga, yaʼni autsorsingga beş yilgaça bölgan muddatga beriş mumkin böladi.
Şuningdek, hozirda respublikamizga xorijiy yetakçi brendlarni olib keliş böyiça olib borilayotgan işlar yuzasidan ham davlatimiz rahbariga axborot berildi. Nufuzli kompaniyalarni nafaqat Toşkent şahriga, balki respublikamizning barça hududlarigaça jalb qiliş va ular bilan birgalikda işlaş mexanizmlarini yanada aniqroq işlab çiqiş böyiça qöşimça topşiriqlar berildi.
Birlamçi tizim – bu, har doim boş ustuvor yönalişlarimizdan biri bölib kelgan. Şu bois, birlamçi tizimni yanada rivojlantiriş maqsadida uning masofaviy mezonlarini ham işlab çiqdik. Yaʼni, şahar joylarda aholi 15 daqiqa piyoda yurib birlamçi tibbiy tizimga yetib borişi kerak. Qişloq joylarda esa bu körsatkiç endilikda eng uzoği bilan 25 daqiqagaça qilib belgilandi. Mana şu talablardan kelib çiqqan holda birlamçi tizim va poliklinikalarimiz faoliyat yuritadi.
Botir Xolmurodov,
Soğliqni saqlaş vazirligining investitsion siyosat departamenti boşliği:
– Yildan-yilga xorijiy investorlarning tibbiyot sohasiga qiziqişi ortib boryapti. Ana şularni inobatga olib va eng muhimi, aholi salomatligini öylagan holda tibbiyot sohasini yanada rivojlantiriş uçun xususiy sektorni keng jalb qiliş böyiça bir qator topşiriqlar berildi. Toşkent şahrida va hududlarda yangi-yangi tibbiyot muassasalarini quriş uçun yirik xorijiy brendlarning ham Özbekistonga kirişi böyiça taşabbuslar bildirildi. Taqdimotda davlatimiz rahbari barça loyihalarni diqqat bilan tinglab, sifatli, xalq uçun manfaatli böladigan loyihalar qiliş hamda ularni kelgusida yanada jadallaştirib, tez orada işga tuşiriş böyiça aniq körsatmalar berdi.
Bundan taşqari, tibbiy xizmatlarni autsorsing asosida körsatiş böyiça ham qaror loyihasi taqdimoti bölib ötdi. Hozirgi kunda barça tibbiy jihozlar davlat byudjet mablağlari va taşqi qarz hisobidan olib kelinyapti, bu esa davlatga qöşimça moliyaviy yuk bölmoqda. Ularning doimiy ravişda işlaşini taʼminlab turiş, har beş-olti yilda yangilab boriş talab etiladi. Xususiy sektorni jalb qiliş orqali esa davlat muassasalari faqat töğridan-töğri tibbiy xizmatlarni körsatadi. Laboratoriya-diagnostika, tozalaş, sterilizatsiya kabi noklinik va yordamçi xizmatlarni xususiy sektorga beriş natijasida kelajakda tibbiy xizmatlar sifati va kölamini yanada kengaytirişga asosiy urğu beriladi.
Bu bilan, öz navbatida, xususiy sektor uçun ham eşiklar keng oçiladi. Bundan keyin barça investitsiya loyihalari soğliqni saqlaşning master-rejasi asosida amalga oşiriladi. Master-rejaga kiritilgan standartlar asosida hududlarda aniq va yagona normativlar belgilanadi. Asosiy maqsad – davlat bilan xususiy sektor örtasida aniq qoidalarni belgilab oliş hamda birgalikda tibbiyot sohasini rivojlantiriş uçun byudjet mablağlaridan taşqari xususiy sektor mablağlarini ham keng jalb qiliş va şu orqali aholimizning manfaatlarini taʼminlab, sifatli tibbiy xizmatlar olişga erişişdir.
Hozirgi kunda Turkiya, Germaniya, Fransiya, Saudiya Arabistoni va Kanada davlatlarining tibbiyot klinikalari tomonidan Özbekiston soğliqni saqlaş tizimiga katta qiziqiş mavjud. Ular tomonidan Özbekistonga investitsiya jalb qiliş va tibbiyot muassasalarini boşqarişda bevosita iştirok etiş böyiça juda katta qiziqiş bildirilmoqda. Biz aynan şu loyihalarimiz böyiça ham taqdimot qildik. Davlatimiz rahbari barça loyihalarni sifatli va tez amalga oşiriş böyiça aniq topşiriqlar berdilar.
Şuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan kelgusi yili soğliqni saqlaş tizimiga jami tört milliarddan ziyod xorijiy investitsiya mablağlarini jalb qiliş böyiça ham aniq körsatmalar berildi. Buning natijasida Soğliqni saqlaş vazirligi hududlar va mahalliy hokimliklar bilan birgalikda xorijiy investorlar bilan muzokaralar ötkazib, ularga alohida taqdimotlar taşkil qiladi hamda Özbekistonga investitsiya kiritişni taʼminlaş böyiça belgilangan vazifalarni amalga oşiradi.
Saodat Abduvohidova,
Soğliqni saqlaş vazirligi boş mutaxassisi:
– Prezidentimizning kuni keça qabul qilingan “Soğliqni saqlaş tizimini rivojlantirişda xususiy sektor iştirokini yanada kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori bilan autsorsing asosida xizmatlarni taşkil etişning yagona va şaffof tartibi tatbiq etiladi. Uşbu tartib öz içiga xususiy sektor iştirokida autsorsing xizmatlarini taşkil etişning qariyb 26 ta yönalişini qamrab oladi.
Bunda aholini sifatli va uzluksiz tibbiy xizmatlar bilan taʼminlaş, şu bilan birga davlat mablağlaridan samarali foydalaniş bizning ustuvor vazifalarimizdan biri hisoblanadi. Yangi tartibda har bitta xizmatning xavf turidan kelib çiqqan holda kuçaytirilgan talablar tatbiq etiladi. Har bir xizmat autsorsingga berilişidan oldin u alohida iqtisodiy samaradorligi, xarajatlari, natijadorligi va xavfsizlikni taʼminlay olişi asosida baholanadi va şu asosda autsorsingga beriş töğrisida qaror qabul qilinadi.
Asosiy maqsad – baʼzi bir xizmatlar va yönalişlarni xususiy sektorga beriş orqali xizmatlarning sifati va samaradorligini oşiriş hisoblanadi. Xususiy sektor özining moliyaviy imkoniyatlari, salohiyati va bölimlari orqali har bitta xizmatni yanada sifatli va yanada samarador taşkil etişga kömak berişi mumkin.
Tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş hamda xizmatlarning jozibadorligini oşiriş maqsadida autsorsing şartnomalarini bir yilga emas, balki beş yilga va investitsion salohiyatidan kelib çiqqan holda 10 yilgaça tuziş mumkin.
Mohigul Qosimova,
ÖzA