Sifati kafolatlanmagan dori vositalari fosh etildi
Mamlakatimizda aholi salomatligini muhofaza qilish va noqonuniy dori vositalari aylanmasiga chek qo‘yish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida Parkent tumanidagi “Parkent erkin iqtisodiy” zonasida joylashgan farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi MCHJda tekshiruv ishlari amalga oshirildi.
Natijada korxona omborxonasida yaroqlilik muddati tugagan 55 840 dona “Menovazin”, 25 000 dona “Vodorod peroksidi”, 50 800 dona “Etil spirti” hamda 28 mln 270 ming donadan ortiq yorliq va etiketkalar saqlanayotganligi aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, yaroqlilik muddati tugagan dori vositalarini 2025-2026-yillarda ishlab chiqarilgan degan ma’lumotlar bilan qayta qadoqlab, sotuvga chiqarish rejalashtirilgan.
Poytaxtda kuzatilgan holatda esa Farg‘ona shahridayashovchi, 1987 y.t. fuqaroto‘xtatilib, uningqo‘l yuklari belgilangan tartibdako‘zdan kechirilganda, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi taqiqlangan, taxminiyqiymati 763 mln so‘mnitashkil etuvchi19 turdagijami 6 597 dona dorivositalari borligi aniqlandi.
Dastlabkisurishtiruv jarayonidamazkur shaxsdori vositalariniHindistondan olib kelib,sotishni o‘zining1984 y.t. tanishi bilanbirgalikda amalga oshirishi aniqlanib, uning xonadoni ham ko‘zdan kechirildi.
Natijadataxminiy qiymati 48 mln so‘mgateng bo‘lgan107 donadori vositalari borligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda har ikki holat bo‘yicha ashyoviy dalil sifatida olingan dori vositalariga nisbatan ekspertiza tekshiruvi tayinlanib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ta’kidlash joizki, noqonuniy ravishda olib kirilayotgan yoki yashirin tarzda tarqatilayotgan dori vositalari fuqarolar salomatligiga jiddiy xavf tug‘diradi. Shu bois aholidan dori vositalarini faqat rasmiy dorixonalardan xarid qilish, ularning kelib chiqishi va sifatiga alohida e’tibor qaratish so‘raladi.
Bu kabi holatlarga duch kelganda esa DXXning 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishingiz mumkin. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.