Şaharsozlikda drondan foydalaniş böyiça Xitoy tajribasi örganildi
Mamlakatimizda quriliş va bunyodkorlik işlari jadal rivojlanib, yangi şaharlar, massivlar barpo etilmoqda. Mazkur jarayonlarda zamonaviy texnologiyalardan foydalaniş, şaharsozlik sohasida xalqaro tajribada sinovdan ötgan samarali usullarni qöllaş könikmalarini özlaştiriş dolzarb ahamiyatga ega.
Şu maqsadda Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligining yoş arxitektorlardan iborat delegatsiyasi Xitoyda bölib, dron texnologiyalari va şaharsozlik tajribasi bilan tanişdi.
Yurtimiz vakillari Xitoyning Deyang şahrida joylaşgan “Deyang EDA Intelligent Aviation Co. Ltd” korxonasiga taşrif buyurdi. Bu yerda delegatsiya aʼzolariga korxonada işlab çiqarilayotgan zamonaviy dronlar, ularning turlari, texnik imkoniyatlari hamda turli sohalarda qöllaş yönalişlari haqida batafsil maʼlumot berildi.

Ayniqsa, şaharsozlik sohasida dron texnologiyalaridan foydalaniş böyiça Xitoy tajribasi alohida eʼtibor markazida böldi. Hududlarni örganiş, quriliş va taʼmirlaş işlariga tayyorlaş, şuningdek, quriliş jarayonlarini monitoring qilişda dronlar yordamida 3D formatdagi maʼlumotlarni real vaqt rejimida töplaş imkoniyati keng qöllanilayotgani aytib ötildi. Bu esa şaharsozlik jarayonlarida vaqt va mehnat resurslarini tejaş, inson omiliga boğliq iş hajmini kamaytiriş hamda quriliş işlarining sifatini nazorat qiliş samaradorligini oşirişga xizmat qilmoqda.

Şundan söng delegatsiya vakillari Deyang şaharsozlik va hududiy rejalaştiriş körgazma markazida bölib, şahar boş rejasining maketi bilan tanişdi. Deyang şahrida 1984-yildan buyon amalga oşirilgan bunyodkorlik işlari, hududning rivojlaniş bosqiçlari hamda istiqboldagi şaharsozlik rejalari haqida batafsil maʼlumot berildi.
Mazkur taşrif davomida özbekistonlik yoş arxitektorlar şaharni rejalaştiriş, yagona arxitekturaviy qiyofani şakllantiriş tamoyillari hamda uzoq muddatli boş rejalarni işlab çiqiş tajribalari böyiça bilim va malakalarini oşirdi.
M.Komilova,
ÖzA