Seulda «Mirziyoyev doktrinasi: global beqarorlik davridagi imkoniyatlar diplomatiyasi» kitobining taqdimoti ötkazildi
Özbekiston parlament delegatsiyasining Koreya Respublikasiga rasmiy taşrifi doirasida Seul şahrida «Mirziyoyev doktrinasi: global beqarorlik davridagi imkoniyatlar diplomatiyasi» nomli kitobning koreys tilidagi naşri taqdimoti bölib ötdi.
Tadbirda Koreya Respublikasining ilmiy va işbilarmon doiralari vakillari, yoşlar hamda keng jamoatçilik iştirok etdi.
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar yuksak samara berayotganini qayd etdi. Ayniqsa, mamlakat taşqi siyosatidagi döstona munosabatlar xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirayotgani eʼtirof etildi.

Kitobda inson manfaatlari yölida amalga oşirilayotgan Yangi Özbekiston taşqi siyosati, yaxşi qöşniçilik, oçiqlik, özaro işonç va pragmatik hamkorlik tamoyillari asosida olib borilayotgan diplomatik saʼy-harakatlar keng yoritilgan. Xususan, Markaziy Osiyoda mintaqaviy barqarorlik va döstona muhitni taʼminlaş, xalqaro iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş, investitsiyalar jalb etiş hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş borasida yuksak natijalarga erişilayotgani oçib berilgan.
Özbekiston va Koreya Respublikasi örtasidagi strategik şeriklik munosabatlari, sanoat, transport, taʼlim, tibbiyot va yuqori texnologiyalar sohalaridagi qöşma loyihalar ikki mamlakat hamkorligining amaliy ifodasidir.

Şuningdek, tadbirda mamlakatimizda inson huquqlarini taʼminlaş, majburiy mehnatga barham beriş, gender tenglikni mustahkamlaş, ijtimoiy himoya tizimini takomillaştiriş hamda taʼlim imkoniyatlarini kengaytiriş yönalişlaridagi islohotlar haqida söz yuritildi.
Özbekistonning sönggi ön yillikdagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, aholi farovonligini oşiriş, kambağallikni qisqartiriş va ilm-fan sohasini rivojlantiriş borasidagi natijalar alohida taʼkidlandi.
N.Abduraimova, ÖzA