Science ID nima va olimlarga qanday imkoniyatlar yaratadi?
Bugun Ommaviy axborot vositalari uçun kontent tayyorlaş markazida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi “Ilmiy va innovatsion yönalişda faoliyat yurituvçi subʼektlarning reyestrini şakllantiriş va yuritiş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi qarori mazmun-mohiyati va uning ijrosiga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi.
Unda Innovatsion rivojlaniş agentligi boşqarmasi boşliqlari Asror Norov, Zafar Yöldoşev va boşqa mutasaddilar sözga çiqib, qarorda belgilangan vazifalar, sohada joriy etilayotgan raqamli yangiliklar hamda ularning amaliy ahamiyati yuzasidan maʼlumot berdi.
Taʼkidlanganidek, mazkur qaror ilm-fan va innovatsiyalar sohasida faoliyat yurituvçi taşkilotlar hamda olimlar töğrisidagi maʼlumotlarni yagona elektron muhitda şakllantiriş, ilmiy faoliyat natijalarini hisobga oliş, davlat xizmatlarini raqamlaştiriş va maʼmuriy jarayonlarni soddalaştirişda muhim ahamiyat kasb etadi. Qaror 2026-yil 3-noyabrdan kuçga kirgan.

Innovatsion rivojlaniş agentligi Ilmiy tadqiqotlarni taşkil etiş boşqarmasi boşliği Asror Norov taʼkidlaganidek, ilm-fan sohasida yagona elektron maʼlumotlar tizimini şakllantiriş ilmiy faoliyat natijalarini tizimli hisobga oliş, maʼlumotlar şaffofligi va işonçliligini taʼminlaşda muhim ahamiyatga ega.
–Bugungi kunda ilm-fan sohasida faoliyat yuritayotgan taşkilotlar, olimlar va tadqiqotçilar haqidagi maʼlumotlarni tizimli ravişda şakllantiriş, ularning ilmiy natijalarini xolisona baholaş va yagona elektron muhitda jamlaş muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Vazirlar Mahkamasining 604-son qarori aynan şu yönalişda yangi imkoniyatlar yaratadi. Endilikda taşkilotlarning yagona Reyestri şakllantiriladi, olimlarga Science ID asnosida takrorlanmas ilmiy identifikatsiya raqami beriladi. Bu esa olimning iş joyi yoki şaxsiy maʼlumotlari özgargan taqdirda ham uning ilmiy faoliyati natijalarini yagona tizim orqali kuzatib boriş imkonini beradi. Eng muhimi, uşbu mexanizmlar ilmiy natijalarni hisobga olişda şaffoflik, maʼlumotlarning işonçliligi va sohada yagona yondaşuvni taʼminlaydi, – dedi Asror Norov.

Qaror doirasida 2027-yil 1-yanvarga qadar Innovatsion rivojlaniş agentligi tomonidan reyestr.ilmiy.uz elektron platformasini işlab çiqiş, 1-fevralga qadar taşkilotlarni Reyestrga kiritiş böyiça davlat xizmatini yölga qöyiş, 1-aprelga qadar esa ilmiy va innovatsion faoliyatga oid Yagona elektron bazani joriy etiş belgilangan. Uşbu tizimlar orqali taşkilotlar va olimlar faoliyatiga oid maʼlumotlarni markazlaştirilgan holda yuritiş imkoniyati yaratiladi.
Yangiliklardan yana biri ilmiy darajaga ega xodimlarning ilmiy natijalarini elektron tarzda tasdiqlaş tartibidir. Endi ilmiy maqolalar, monografiyalar, patentlar va boşqa natijalar kutubxona.ilmiy.uz platformasi orqali taqdim etiladi. Tasdiqlangan maʼlumotlar qöşimça haq belgilaşda asos bölib xizmat qiladi. Bunda yakuniy qaror taşkilotning işçi komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.

Şuningdek, yoş olimlarni xorijiy stajirovkalarga yuboriş tartibi ham takomillaştirilmoqda. Nomzodlar QS, THE yoki ARWU reytinglarining TOP-500 taligiga kirgan xorijiy oliy taʼlim muassasalari, şuningdek, AD Scientific Index reytingida TOP-1000 talikdan örin olgan ilmiy taşkilotlarda stajirovka ötaşlari mumkin. Tanlovda 20 yoşdan oşgan, 40 yoşga tölmagan şaxslar iştirok etadi. Bir nomzod bir vaqtning özida faqat bitta tanlovda qatnaşişi mumkin.
Bundan taşqari, “Akademik harakatçanlik” dasturi va “Bölajak olim” tanlovini taşkil etiş, moliyalaştiriş hamda monitoring qiliş jarayonlarini raqamlaştiriş böyiça ham yangi tartiblar belgilangan.
Matbuot anjumani yakunida masʼullar jurnalistlarning savollariga javob berdi.
Nasiba Ziyodullayeva,
ÖzA