Sambochilarimiz Dushanbeda muvaffaqiyatga erishdi
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida sambo bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan Jahon kubogi bahslarida hamyurtlarimiz 7 ta medalga sazovor bo‘ldi.
10 tadan ziyod davlat sportchilari qatnashgan murosasiz bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari g‘alabaga bo‘lgan kuchli irodasini namoyish etdi.
Terma jamoamiz a’zolaridan Sardor Olimjonov, Shohida Rahimova, Mohinur Aralova, Gulasal Obloqulova va Madinabonu Salohiddinova xalqaro turnirning so‘nggi kungi kurashlarida kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Xalqaro turnirning bir kun muqaddam o‘tgan bahslari natijasiga ko‘ra, sambochilarimizdan Suhrob Rajabov va Dilshod Yuldoshev bronza medaliga ega chiqdi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA