Samarqandda Xavfsizlik masalalari böyiça «ŞHT plyus» ekspertlar muloqoti bölib ötmoqda
2026-yil 6-noyabr kuni Samarqand şahrida Şanxay hamkorlik taşkilotiga aʼzo davlatlar, kuzatuvçilar va muloqot böyiça şeriklarning maxsus xizmatlari rahbarlari iştirokida Xavfsizlik masalalari böyiça «ŞHT plyus» birinçi ekspertlar muloqoti öz işini boşladi.
Tadbirning oçilişida Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengaşi kotibi Viktor Maxmudov Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning majlis iştirokçilariga yöllagan tabrik sözini öqib eşittirdi.
Davlatimiz rahbari öz murojaatida dunyodagi bugungi vaziyat geopolitik keskinlik, ziddiyatlarning çuqurlaşuvi va qurolli mojarolarning avj olişi bilan tavsiflanayotganini taʼkidladi. Axborot xavfsizligini taʼminlaş, muhim infratuzilma obʼektlarini himoya qiliş hamda davlatlarning buzğunçi tahdidlarning yangi şakllariga bardoşliligini oşiriş masalalari har qaçongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Raqamli texnologiyalarning rivojlanişi taraqqiyot uçun keng imkoniyatlar oçiş bilan birga, yangi xavf-xatarlarni ham yuzaga keltirayotgani taʼkidlandi. Xususan, kibermakon qarama-qarşiliklarning asosiy maydoniga aylanib, bu yerda anʼanaviy taʼsir usullari bilan bir qatorda tarmoq hujumlari, jamoat ongini manipulyatsiya qiliş va yolğon yoki manipulyativ axborot faol qöllanilayotgani qayd etildi.
Internet-platformalar radikal mafkurani tarğib qiliş, yangi tarafdorlarni yollaş, moliyaviy resurslarni jalb etiş hamda davlat çegaralarini tan olmaydigan ekstremistik birlaşmalarni şakllantiriş vositasiga aylanib ulgurdi.
«Bunday şaroitda aholining eng köp xavf ostida qolayotgan qatlami yoşlar bölib qolmoqda. Destruktiv kuçlar yoşlarning ongiga maqsadli ravişda taʼsir körsatib, ularni öz saflariga tortmoqda, ijtimoiy ziddiyatlardan foydalanib, toqatsizlik ğoyalarini tarqatmoqda», — deyiladi davlatimiz rahbarining murojaatida.
Özbekiston Prezidenti muloqot iştirokçilariga murojaat qilar ekan, ŞHTning yangi tahdidlarga öz vaqtida javob bera olişi va yanada barqaror dunyoni şakllantirişda samarali iştirok etişi köp jihatdan maxsus xizmatlarning bahamjihat faoliyatiga boğliq ekanini alohida taʼkidladi.
ÖzA