Samarqandda 650 mingdan ortiq biznes vakillari röyxatga olindi
Şu yilning 15-oktabr – 30-noyabr kunlari yurtimizda biznesni röyxatga oliş tadbiri ötkazilmoqda va bu jarayonda Samarqand viloyatida 677 mingdan ortiq iqtisodiy birlikni röyxatga oliş belgilangan.
Davlatimiz rahbarining şu yil 10-sentabrdagi “Statistikani rivojlantiriş — 2030” milliy strategiyasini tasdiqlaş hamda röyxatga oliş maʼlumotlaridan samarali foydalanişni taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni asosida Vazirlar Mahkamasining 9-oktabrdagi qaroriga köra ötkazilayotgan röyxatga oliş tadbiri mamlakatimizdagi barça iqtisodiy birliklarni töliq xatlovdan ötkaziş va statistik maʼlumotlar bazasini yangilaş maqsadida taşkil etildi. Bunda 2026-yil 1-oktabr holatiga köra şakllantirilgan maʼlumotlar böyiça iş olib borilmoqda.

– Mazkur tadbir yurtimizda faoliyat yuritayotgan iqtisodiy birliklarni töliq xatlovdan ötkaziş orqali subʼektlar soni, tarkibi, iqtisodiyot tarmoqlari böyiça taqsimoti va faoliyat holatiga aniqlik kiritişga qaratilgan, – deydi Samarqand viloyati statistika boşqarmasi bölim boşliği Firdavs Şukurov. – Şuningdek, statistik registrlarda korxona va taşkilotlarga tegişli maʼlumotlarning dolzarbligi, töliqligi va işonçliligini taʼminlaş hamda tanlanma kuzatuvlarni taşkil etiş uçun sifatli statistik asoslar şakllantirilmoqda. Qolaversa, uzatilmaydigan iqtisodiyot kölamini baholaş, milliy hisoblar tizimi körsatkiçlari sifatini oşiriş uçun zarur maʼlumotlar bazasini takomillaştiriş, respublika va hududlar darajasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişni rejalaştiriş jarayonlarini işonçli maʼlumotlar bilan taʼminlaş közda tutilgan. Röyxatga oliş jarayonida davlat röyxatidan ötgan-ötmaganligi va mulkçilik şaklidan qatʼi nazar, barça iqtisodiy subʼektlar – yirik, örta, kiçik korxonalar, mikrofirmalar, filiallar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon va fermer xöjaliklari, özini özi band qilganlar hamda xorijiy vakolatxonalar qamrab olinmoqda. Bu işni, qarorda belgilanganidek, savdo komplekslari va bozorlarda statistika xodimlari, mahallalarda esa hokim yordamçilari amalga oşirmoqda. Ayni paytda viloyatimizdagi 145 ta savdo kompleksi, bozorlar va ularning filiallarida statistika idoralarining 84 nafar xodimi, 1063 ta mahallada esa hokim yordamçilari röyxatga olişda qatnaşmoqda.
Şu yilning 1-oktabr holatiga köra Samarqand viloyatida 677 ming 404 ta iqtisodiy birliklar, jumladan, 60 ming 446 ta yuridik taşkilot, 96 ming 197 ta yakka tartibdagi tadbirkor hamda 520 ming 761 ta özini özi band qilganlar mavjudligi qayd etilgan. Şu paytgaça 650 ming 455 ta (96 foiz) iqtisodiy birlik röyxatga olindi.

Röyxatga olişda tadbirkorlar maxsus axborot tizimlari orqali mustaqil ravişda onlayn (yuridik şaxslar hisobot.stat.uz, özini özi band qilganlar census.stat.uz portallari orqali) yoki joylarda planşetli sörovnomalar yordamida röyxatdan ötmoqda. Xususan, 17 ming nafarga yaqin özini özi band qilganlar census.stat.uz platformasi orqali röyxatdan ötgan.
Yirik, örta va kiçik korxonalar, mikrofirmalar, fermer va dehqon xöjaliklari, davlat va notijorat taşkilotlari, şuningdek, xorijiy korxonalarning vakolatxonalari hisobot.stat.uz tizimi orqali sörovnomalarini onlayn töldiriş imkoniyatidan foydalanmoqda.

– Röyxatga oliş jarayonida özimizga ham köp murojaat bölgani uçun biznesni röyxatga oliş jarayoni soliq yoki nazorat tekşiruvi hisoblanmaydi, töplangan barça maʼlumotlar qonun bilan sir saqlanadi va faqat statistik maqsadlarda qöllaniladi, – deydi Firdavs Şukurov. – Bu orqali korxona va taşkilotlarning yagona davlat reyestri töliq yangilanadi va nofaol yoki real faoliyat yuritayotgan subʼektlar soniga aniqlik kiritiladi. Biznes muhitining haqiqiy holati, hududlar va sohalar kesimidagi real körsatkiçlar böyiça işonçli maʼlumotlar bazasi yaratiladi va bu davlat dasturlarini samarali şakllantirişga xizmat qiladi.
Biznesni röyxatga oliş 30-noyabr kuni yakunlanadi. Umumlaştirilgan rasmiy statistik natijalarni 2027-yil 1-sentabrga qadar Milliy statistika qömitasining rasmiy saytida eʼlon qiliş közda tutilgan.
Ğolib Hasanov, ÖzA muxbiri