Samarqand marafoni ğoliblari aniqlandi
7-8-noyabr kunlari “Samarkand Marathon–2026” musobaqalari ötkazildi.
Bugun bölib ötgan asosiy bahslarda 10 kilometr masofaga yugurişda erkaklar örtasida namanganlik Jobir Qahhorov, ayollar bahsida navoiylik Sadafbonu Nusratullayeva marraga birinçi bölib yetib keldi.

21,1 kilometrlik yarim marafonda ham yurtdoşlarimiz ğoliblikni egalladi. Erkaklar bahsida toşkentlik Hasan Mirsoatov, ayollar bahsida samarqandlik Marjona Ahmadaliyeva marraga birinçi bölib yetib keldi.
42,2 kilometr masofaga ötkazilgan asosiy marafonda keniyalik Leonard Barsoton
02:15:44 natija bilan finişi çiziğini birinçi bölib bosib ötdi.
Hamyurtimiz Andrey Petrov ikkinçi, Efiopiya vakili Mamo Mengistu uçinçi örinni egalladi.
Ayollar bahsida efiopiyalik marafonçi Obse Abdeta 02:39:25 natija bilan ğoliblikni qölga kiritdi.
Ikkinçi va uçinçi örinlarni keniyalik Dayzi Jemutay Rutto hamda Gledis Çemutay egalladi.
“Samarkand Marathon– 2026” ğolib va sovrindorlari pul mukofotlari bilan taqdirlandi.



Taqdirlaş marosimida olimpiya öyinlari va jahon çempioni, britaniyalik afsonaviy sportçi Ser Mo Fara hamda Özbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantiriş jamğarmasi marafonlarni taşkil etiş bölimi boşliği, “Samarkand Marathon” turkumi rahbari Mirxan Sagitov iştirok etdi.

Şu tariqa 63 davlatdan 10 mingdan ortiq sportçi va havaskorlar qatnaşgan bu yilgi “Samarkand Marathon” yakunlandi. Marafondan tuşgan mablağ yurtimizda bolalar sport maydonlari taşkil etişga yönaltiriladi.
Ğ. Hasanov, A. Isroilov (surat),
ÖzA muxbirlari