Salomatlik va atrof-muhit uçun xavfli 40 ta taʼsir etuvçi moddani röyxatga oliş taqiqlangan
Quyi palata majlisida Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi raisi A.Urunovning “Ösimliklar karantini sohasini tartibga soliş, karantin tadbirlarini olib boriş hamda kimyolaştiriş va ösimliklarni himoya qiliş vositalari bilan boğliq çora-tadbirlarni xavfsiz tarzda bajariş borasida amalga oşirilayotgan işlar holati töğrisida”gi parlament söroviga javobi körib çiqildi.
Javobda keltirilişiça, mamlakatimizda ösimliklar karantini va himoyasi tizimini takomillaştiriş, xavfli kimyoviy vositalar muomalasini tartibga soliş, fitosanitariya nazorati samaradorligini oşiriş borasida tizimli işlar amalga oşirilmoqda.
2026-yilning ötgan ön oyi davomida respublika çegara ötkaziş punktlarida 155 mingdan ortiq transport vositasi fitosanitariya körigidan ötkazilgan, 36 mingdan ziyod holatda mahsulotlardan namunalar olinib, laboratoriya tekşiruvlariga yuborilgan. Bu karantin obʼektlarining mamlakat hududiga kirib kelişining oldini oliş va qişloq xöjaligi mahsulotlari xavfsizligini taʼminlaş böyiça muayyan işlar amalga oşirilayotganidan dalolat beradi.
Şu bilan birga, ayrim çegara ötkaziş punktlarida akkreditatsiyadan ötgan laboratoriyalar, zamonaviy zararsizlantiriş uskunalari va tegişli infratuzilmaning yetarli emasligi nazorat tadbirlarini joyida va tezkor amalga oşiriş imkoniyatlarini çeklamoqda. Bu esa sohada moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş, zamonaviy diagnostika imkoniyatlarini kengaytiriş zaruratini körsatadi.
Şuningdek, sohada xavfli kimyoviy vositalar muomalasini tartibga soliş böyiça ham çoralar körilayotgani aytib ötilgan. Jumladan, inson salomatligi va atrof-muhit uçun öta xavfli bölgan 40 ta taʼsir etuvçi moddani röyxatga oliş taqiqlangan, yana 8 tasiga çeklovlar belgilangan. Mineral öğitlar va ösimliklarni himoya qiliş vositalarining ulgurji hamda çakana savdosini litsenziyalaş tartibi joriy etilgan.
Şuningdek, fitosanitariya xavflarini oldindan aniqlaş, fermerlarni öz vaqtida ogohlantiriş hamda ruxsat beriş jarayonlarini soddalaştirişga qaratilgan sunʼiy intellekt yeçimlarini joriy etiş işlari olib borilmoqda.
Majlisda ösimliklar karantini sohasini tartibga soliş, karantin tadbirlarini olib boriş, ösimliklarni himoya qiliş masalalari deputatlarning doimiy eʼtiborida ekanligi taʼkidlanib, kun tartibidagi mazkur masala yuzasidan samarali parlament nazoratini taʼminlaşga kelişib olindi. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi raisining javobi maʼlumot uçun qabul qilindi.
M.Komilova, ÖzA