Sabrina Çakomanova Olimpiya öyinlari ğolibi
Senegal poytaxti Dakar şahri mezbonlik qilayotgan IV yozgi yoşlar Olimpiya öyinlarida özbekistonlik boksçi Sabrina Çakomanova oltin medalga sazovor böldi.
Aniqroq aytadigan bölsak, -54 kg vazn toifasida finalga qadar muvaffaqiyatli yetib kelgan hamyurtimiz hal qiluvçi bahsda kolumbiyalik Salas Trejosga qarşi ringga kötarildi. Jang davomida yaqqol ustunlik namoyiş etgan Sabrina raqibini 5:0 hisobida mağlub etdi.
Şu tariqa, Sabrina Çakomonova özbek boks tarixida qizlar örtasida yoşlar Olimpiadasining ilk çempioni sifatida tarixga kirdi.
Javohir Toşxöjayev, ÖzA