Rustam Qosimjonov: Jahon şaxmat toji uçun kuraşda Javohirga muxlislik qilaman
Şveysariyaning Jeneva şahrida hamyurtimiz Javohir Sindorov va Gukeş Dommaraju örtasida Jahon çempionligi toji va unvoni uçun ötkaziladigan musobaqa boşlanişiga roppa-rosa 10 kun qoldi.
Dunyoning eng yoş şaxmatçilari iştirokida ötadigan mazkur musobaqa va uning natijalari, har ikki grossmeysterning ustunlik jihatlari, imkoniyatlari xususida turli fikrlar bildirilayotgan bir paytda Javohir Sindorov körsatkiçlarini 50,1 foiz körinişida baholadi.
Aynan şaxmatçimizning uşbu bildirgisi va munosabatidan söng dunyoning yetakçi şaxmat ustalari qatorida sobiq jahon çempioni, hozirda Özbekiston terma jamoasi boş murbbiyi sifatida iş olib borayotgan tajribali grossmeysterimiz Rustam Qosimjonov Javohir Sindorov-Gukeş Dommaraju bahsi, imkoniyatlar, milliy terma jamoamizning bugungi holati, Nodirbek Abdusattorovning 46-Butunjahon şaxmat olimpiadasida birinçi raqam ostida dona surişi haqida öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.

“Ularning imkoniyatlari haqidagi muhokamalar qançalik haqiqatga töğri kelişi, öyin jarayoniga qay darajada taʼsir körsatişiga u qadar işonolmayman. Bu nisbiy qaraşlar xolos. Sindorovning öz imkoniyatlarini 50,1 foizga baholaşi ruhiy ustunlikdan dalolat. Javohir bu masalada kuçlarni 50 ga 50 deb körsatişi mumkin edi. Tahlillarimdan kelib çiqib aytsam, Gukeş kuçli va juda xavfli şaxmatçi. Javohir ham şunday. Gukeşning bir yil yaxşi sport formasida bölmagani hammasi hal deganimas. Bunday yuqori darajadagi kuraşda har narsa yuz berişi mumkin. Töğri, Gukeşning bir yil davomida yaxşi sport formasida bölmaganini kördik. Jahon çempionligi uçun “jang” mutlaqo öziga xos voqea. Unda har narsa sodir bölişi mumkin. Şunday ekan, gap-sözlar haqiqiy kuraşni aks ettirmasligini anglaş kerak”, deya fikr bildirgan.

Şuningdek, Rustam Qosimjonov Sindorovning murabbiylar ştabiga kirmaganligi va musobaqani tomoşabin sifatida kuzatmoqçi ekanligi haqida töxtalib, “agar murabbiylar tarkibiga kirganimda, bu sir tutiladigan maʼlumot bölardi. Uning öz murabbiylari va sekundantlari bor. Men bu matçni katta qiziqiş bilan Javohirga muxlis sifatida kuzatmoqçiman”, deya taʼkidlagan.
Qosimjonov özbek şaxmatidagi kam uçraydigan holatlardan biri, J. Sindorov bilan faqat terma jamoa doirasida işlaganligi, uning individual ösişida iştirok etmaganligi, Sindorovning natijalari va reytingi yuqoriroq bölsa ham, şaxmat olimpiadasida birinçi taxtani Abdusattorovga topşiriş masalasi xususida ham öz qaraşlarini aytib ötdi.
“Har qanday ğalabaga jamoadagi yakdillik orqali erişiladi. Nodirbek Abdusattorovning birinçi taxtada öynaganining öziyoq men uçun öz-özidan oson qaror emasdi. Çunki bu yil Javohir natijalari va reyting yuqoriligi sababli olimpiadada 1-taxtada öynaşi kerak edi. Javohirga tan beriş kerak. Olimpiadadan oldin bu mavzuda gaplaşganimizda, yutuqlariga qaramay, u Nodirbekni terma jamoamizning yetakçisi, deya eʼtirof etdi. Şu jihatdan, murabbiy sifatida jamoa bilan omadim kelgan. Tarixdan maʼlumki, köpgina davlatlarda yetakçilar örtasidagi içki raqobat tufayli kerakli natijaga erişilmagan. Jamoa aziyat çekkan. Tayyor yutuq qöldan boy berilgan. Bizda esa yigitlarning jipsligi, soğlom qaraşlari sababli bunday holat yuz bermadi. Ğalabaga erişdik. Şaxmat toji uçun kuraşda ham muvaffaqiyatga erişişimiz oldimizda turgan eng muhim vazifa”,
Şunday. Bugun mamlakatimiz sportida, xususan şaxmatda xalqaro miqyosda olamşumul ğalabalarga erişişimiz ortida jipslik, soğlom fikrlaş va albatta çuqur tahlil asosida qabul qilinayotgan qarorlar va albatta davlatimizning eʼtibori mujassam.
Şu maʼnoda, aytişimiz lozimki, 46-Butunjahon şaxmat olimpiadasidagi tarixiy natija tufayli qalbimizni çulğagan işonç Jeneva ötadigan Jahon çempionligi toji va unvoni uçun keçadigan kuraşda Javohir Sindorovga katta ruhiy quvvat bağişlaydi.
Tölqin Röziyev, ÖzA