Rubio: Kuba allaqachon barbod bo‘lgan va barcha sohada muvaffaqiyatsizlikka uchragan davlatdir
AQSH Davlat kotibi Marko Rubioning fikricha, Kuba amalda “barbod bo‘lgan” va o‘z vazifasini bajara olmaydigan davlatga aylangan. “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida u mamlakat tizimi mutlaqo ishdan chiqqani, orol uchun siyosiy va iqtisodiy erkinlikka o‘tish davri zarurligini ta’kidladi.
Siyosatchi Gavana rahbariyati allaqachon 20 yil oldin o‘lib bo‘lgan “inqilob” haqida safsata sotishda davom etayotgani, amalda esa na faoliyat yuritadigan iqtisodiyot va na tayinli hukumat shakllantirilganini ta’kidlagan.
AQSH diplomatiyasi rahbari iqtisodiy inqiroz oqibatini ommaviy migratsiya misolida tushuntirishga uringan. Ya’ni, 2021-yildan beri qariyb 20 foiz aholi Kubani tark etgani to‘liq inqirozning yaqqol isboti.
Shuningdek, Rubio faqat iqtisodiy islohot bilan vaziyatni o‘nglab bo‘lmasligi, siyosiy erkinliksiz taraqqiyotga erishish imkonsiz ekanini ham qo‘shimcha qilgan.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA