Qrimda Rossiya harbiy samolyoti qulab tushdi, 29 kishi halok bo‘ldi (+video)
Iroqda amerikalik jurnalist o‘g‘irlab ketildi, Eron esa AQSHga aloqador yirik texnologik kompaniyalar ob’ektlariga tahdid qildi, Shimoliy Koreyada Kim Yo Chjon ta’siri ortib bormoqda, AQSHda sud Trampning Oq uydagi qimmat loyihasini to‘xtatdi, Qrimda harbiy samolyot halokati 29 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi, Polsha Patriot tizimlarini berishdan bosh tortdi, shuningdek AQSH Rossiyaga tegishli ayrim kemalarga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/PU27AAaeepU" title="Qrimda Rossiya harbiy samolyoti qulab tushdi, 29 kishi halok bo`ldi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Iroqda amerikalik jurnalist o‘g‘irlab ketildi
Iroqning Bag‘dod shahrida 31-mart kuni amerikalik jurnalist Shelli Kittleson noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketildi, AQSH hukumati vaziyatni kuzatayotgani va Iroq rasmiylari bilan hamkorlik qilayotganini ma’lum qildi, hozircha hodisa ortida kim turgani aniq emas, biroq u avvalroq Eronga aloqador “Kataib Hizbulloh” guruhi tomonidan tahdidlar haqida ogohlantirilgan, xavfsizlik kuchlari gumonlanuvchilardan birini qo‘lga olgan va operatsiya davom etmoqda.
Eron mintaqadagi Apple, Google va Maykrosoft ofislariga hujum bilan tahdid qildi
Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Yaqin Sharqdagi AQSHga aloqador texnologik kompaniyalar ob’ektlariga zarba berilishi mumkinligi haqida tahdid qildi, ro‘yxatda Maykrosoft, Apple, Google bilan birga boshqa yirik korporatsiyalar ham bor, ular Eronga qarshi operatsiyalarda ishtirok etishda ayblanmoqda, bayonotda xodimlarga ish joylarini tark etish va xavfli hududlardan uzoqlashish tavsiya qilingan, tahdidlar 1-apreldan kuchga kirishi aytilgan.
Dunyodagi eng xavfli ayol siyosatchi ma’lum qilindi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjon dunyodagi “eng xavfli ayol siyosatchi” deb baholandi, mutaxassislarga ko‘ra u mamlakat siyosiy tizimida ikkinchi shaxs bo‘lib, muhim qarorlarga katta ta’sir ko‘rsatadi, u bir necha bor rasmiy bayonotlar bilan chiqib, ayrim hollarda Janubiy Koreyaga nisbatan yadroviy tahdidlar ham bildirgan.
Sud Trampga Oq uyda 400 mln dollarlik zal qurishni taqiqladi
AQSH sudi prezident Donald Trampga Oq uy hududida 400 million dollarlik bal zali qurishni vaqtincha taqiqladi, qarorga ko‘ra qurilish Kongress ruxsatisiz amalga oshirilishi mumkin emas, sud bu loyiha prezident vakolatlaridan tashqari ekanini ta’kidladi, loyiha 14 kunga to‘xtatildi va bu vaqt ichida apellyatsiya berish imkoniyati mavjud.
Qrimda Rossiya harbiy samolyoti qulab tushdi, 29 kishi halok bo‘ldi
Qrim hududida An-26 harbiy transport samolyoti halokatga uchrab, bortdagi 29 kishi — 6 nafar ekipaj a’zosi va 23 yo‘lovchi halok bo‘ldi, samolyot bilan aloqa 31-mart kuni uzilgan va keyinchalik uning qulagan joyi aniqlangan, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga texnik nosozlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Polsha AQSHning Patriot tizimlarini berish haqidagi so‘rovini rad etdi
Polsha AQSHning Yaqin Sharqqa Patriot zenit-raketa majmualarini yuborish bo‘yicha so‘rovini rad etdi, mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamish ushbu tizimlar faqat mamlakat va NATOning sharqiy qanotini himoya qilish uchun mo‘ljallanganini bildirdi, rasmiylar milliy xavfsizlik ustuvor ekanini ta’kidlamoqda.
AQSH Rossiyaning uchta kemasidan sanksiyalarni olib tashladi
AQSH Rossiya bayrog‘i ostida suzuvchi uchta kemaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni bekor qildi, ular orasida Fesco Moneron, Fesco Magadan va SV.Nikolay bor, bu kemalar avval Rossiyaning ayrim kompaniyalari bilan aloqalari sababli cheklovlar ro‘yxatiga kiritilgan edi, hozirda ular turli hududlarda harakatlanmoqda.
Nozimbek Mardonov, Salim Obidjonov O‘zA