Qaşqadaryo tadbirkorlari elektron savdoga jalb etilmoqda
Qarşi şahrida “Özbekistonda elektron tijorat orqali kiçik va örta biznesni qöllab-quvvatlaş imkoniyatlari” mavzusida amaliy seminar ötkazildi.
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, viloyat hokimligi hamda “Wildberries” platformasi hamkorligida taşkil etilgan tadbirda 150 nafardan ortiq tadbirkor, hunarmand, xotin-qizlar va yoşlar iştirok etdi.
Unda Qaşqadaryoda işlab çiqarilayotgan mahsulotlarni elektron savdo platformalari orqali içki va taşqi bozorlarga olib çiqiş, tadbirkorlarning marketpleyslar bilan işlaş imkoniyatlarini kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.

Bugungi kunda viloyatda 27 ming 419 ta tadbirkorlik subʼekti faoliyat yuritmoqda. Şundan 10 ming 281 tasi savdo-sotiq, 3 ming 97 tasi sanoat, 2 ming 799 tasi boşqa xizmatlar, 2 ming 238 tasi quriliş, 1 ming 760 tasi umumiy ovqatlaniş, 862 tasi taşiş va saqlaş, 789 tasi soğliqni saqlaş sohasiga töğri keladi.
Hududda töqimaçilik, tikuvçilik, oziq-ovqat sanoati, qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş, milliy hunarmandçilik, kulolçilik va gilamçilik kabi yönalişlardagi mahsulotlarni elektron savdo orqali keng bozorlarga taklif etiş imkoniyatlari mavjud.

- Korxonamizda hozir 20 xildan ortiq töqimaçilik mahsulotlari işlab çiqarilmoqda. Ötgan töqqiz oy davomida qariyb 10 milliard sömlik mahsulot tayyorlandi, - deydi “Safe collection” MÇJ masʼul xodimi Oybek Şukurov. - Mahsulotlarimizning asosiy qismi mahalliy bozorda sotilsa, 30 foizi Rossiyaga eksport qilinadi. Marketpleysda elektron dökon oçiş va savdoni yölga qöyiş kelgusida sotuv hajmini yana ikki-uç barobar oşiriş imkonini berişi mumkin.

Seminarda iştirokçilarga onlayn dökon oçiş, mahsulotlarni marketpleys omborlariga yetkazib beriş yoki öz omboridan jönatiş, logistika jarayonlari va savdo natijalarini tahlil qiliş tartiblari tuşuntirildi.
Tadbir yakunida elektron savdoga tayyor tadbirkorlik subʼektlarini saralaş, ularni marketpleyslarga jalb etiş va savdoni yölga qöyişda amaliy kömak körsatiş böyiça kelişuvlarga erişildi.

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi filiali tomonidan kelgusida raqamli marketing va eksport yönalişlarida amaliy öquvlar muntazam taşkil etilişi belgilandi.
Ölmas Barotov, ÖzA muxbiri