Qadimgi Turon sovutlari (+video)
“Tarix haqiqatlari” loyihasining navbatdagi sonida FA Tarix instituti Qadimgi davr tarixi bo‘limi boshlig‘i Sur’at Kubayev Turon davridagi sovutlar va mudofaa vositalari haqidagi ma’lumotlar bilan bo‘lishadi.
Turon mudofaa vositalari (yoki Turon xalqlarining tarixiy mudofaa tizimi va qurol-yarog‘lari) qadimgi va ilk o‘rta asrlarda Markaziy Osiyo hududida shakllangan harbiy san’atning eng muhim tarkibiy qismidir.
Qadimgi Turon sovutlari (harbiy sovut va mudofaa vositalari) Markaziy Osiyo hududida yashagan sak-massagetlar, so‘g‘diylar, xorazmiylar va keyinchalik ilk turkiy xoqonliklar davrida harbiy san’atning eng yuqori cho‘qqisini ifodalagan. Turon jangchilari o‘z davrida og‘ir otliq qo‘shin (katafraqtariylar) sifatida mashhur bo‘lib, ularning sovutlari nafaqat odamni, balki jang otini ham to‘liq himoya qilgan.
M.Turdaliyeva, N.Abduvoitov,
A.Ahmedov. O‘zA