"PSJ" va Dembele yangi şartnoma böyiça kelişuvga yaqin
Tomonlar örtasidagi muzokaralar yakuniy bosqiçga yaqinlaşgan.
Fransiyaning "PSJ" klubi hujumçisi Usmon Dembele Parij jamoasidagi faoliyatini davom ettiriş niyatida.
Ouest-France naşri AFP agentligiga tayanib xabar berişiça, 2028-yil yozigaça şartnomaga ega bölgan futbolçi kelişuv muddatini yana ikki yilga uzaytirişni rejalaştirmoqda.
Tomonlar örtasidagi muzokaralar yakuniy bosqiçga yaqinlaşgan. Hozirça rasmiy kelişuvga erişilmagan bölsa-da, klub va futbolçi hamkorlikni 2030-yilgaça davom ettirişdan manfaatdor.
Dembele 2023-yildan buyon "PSJ" şarafini himoya qilib kelmoqda. Şu vaqt davomida u jamoa bilan Fransiya çempionati va mamlakat kubogida ğolib çiqqan, şuningdek, ikki marta UEFA Çempionlar ligasi boş sovrinini qölga kiritgan.
Eslatib ötamiz, fransiyalik hujumçi 2025-yilda "Oltin töp" mukofotiga sazovor bölgan.